Olmaliq shahrida 2,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «L.N.» MCHJ rahbari A.K. hududiy tijorat banki filialidan hududda 2 ta ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun kredit ajratilgan. Kredit evaziga xarid qilingan 2,3 mlrd so‘mlik qurilish materiallarini esa boshqa shaxslarga sotib yuborib va ushbu mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.