22 fevral kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga yangi direktor etib O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov tayinlandi. Bu haqda teatr xodimlari hamda Madaniyat va turizm vazirligi vakillari o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

2021 yildan beri teatrni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov boshqarib kelayotgandi. U 58 yoshida vafot etgan teatrning oldingi direktori, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning o‘rnini egallagandi.

Shuningdek, Doston Haqberdiyev teatr bosh rejissyori bo‘ldi. U mazkur teatrga 2018 yilda kelgan. O‘sha yili N.Shodmonovning «Qobil va Hobil» musiqali dramasini diplom spektakl sifatida sahnalashtirib, ishga taklif qilingan.

муқимий teatri

Doston Haqberdiyev.

муқимий teatri

Aleksandr Bekjonov (Chapdan birinchi). Foto: Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri