Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi bahor oxiriga rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Rekonstruksiya ishlari kutubxonalar va kitob fondlari bilan ishlashga ixtisoslashgan Ludi Architects (Sankt-Peterburg) arxitektura byurosi loyihasiga asosan 2020 yil sentabr oyida boshlangan. Tarixiy binoni homiylar hisobidan ta’mirlash ishlari 2021 yil martiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgandi. “Gazeta.uz” loyiha muallifi, byuro rahbari Lyubov Leonteva bilan suhbatni e’lon qilgan.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

Hozirda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bungacha bino inshootlari mustahkamlanib, yangi muhandislik tizimi joriy etilgan. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bino intereri va kirish qismining yakuniy eskizlarini taqdim etgan, uning oldida kichik jamoat maydonlarini tashkil etish va jihozlash rejalashtirilgan.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

“Har qanday yangi jamoat binosi qandaydir rejani ko‘zlashi kerak. Respublika bolalar kutubxonasiga kelsak, uning missiyasi ta’lim, madaniyat va muloqot hisoblanadi”, — deydi jamg‘arma ijrochi direktori Gayane Umerova.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

“Biz hamma uchun ochiq bo‘lgan zamonaviy makon yaratmoqdamiz — unda hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi, odamlar uni kashf qilishni istaydi. Kutubxona shunday rejalashtirilganki, bolalarga atrofdagi dunyoni o‘rganishga, dunyoqarashini kengaytirishga va yangi tajriba orttirishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi”, — ta’kidlaydi u.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

“Biz odamlar bu makonda yashashini va uni o‘zlari uchun moslashtirishlarini istaymiz. Shunda xodimlar o‘z farzandlarini bu yerga olib kelishi, uydan gullar keltirishi, mehmonlar mezonin [turar joy binosining uncha katta bo‘lmagan o‘rta qismi tepasiga qurilgan xona]da kitob o‘qishi, amfiteatr zinapoyasida o‘tirishi, ta’lim to‘garagiga yozilishlari mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Gayane Umerova.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

Kutubxona maydoni ko‘p funksiyali bo‘lishi rejalashtirilgan: o‘quv zallaridan tashqari, bolalar uchun kovorking maydoni, laboratoriyalar va raqamli kontentlar bilan ishlash uchun studiyalar ham bo‘ladi. Shuningdek, majmuada ma’ruzalar va mahorat darslari uchun keng o‘zgaruvchan zal tashkil etiladi.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

“Rekonstruksiya intererning qolgan elementlari va tartibiga minimal ta’sir ko‘rsatdi. Loyiha arxitektorlar tomonidan bino tarixiy ko‘rinishining dizayn jihatdan zamonaviy davomi sifatida ishlab chiqilgan”, — deyiladi fond xabarida.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

“Tarix bilan ishlash har doim cheklovlarga sabab bo‘ladi. Biroq shunday sharoitlarda ayrim yechimlar paydo bo‘ladi. Misol uchun, zamonaviy elementlar qo‘shimcha funksional maydonlar va binolarni yaratish imkonini beradi”, — dedi rekonstruksiya loyihasi muallifi Lyubov Leonteva.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

Mebellarning deyarli barchasi arxitektorlarning mualliflik chizmalari bo‘yicha buyurtma asosida tayyorlanadi.

madaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasimadaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasimadaniyat jamg‘armasi, respublika bolalar kutubxonasi

Ular kutubxona uchun maxsus ishlab chiqilgan. Bunga saqlash tizimlari, stollar, ma’ruzalarni tinglash, o‘qish va dam olish uchun joylar va audio bilan individual ishlash uchun kabinalar kiradi.

Barcha mebellar nogironligi bor shaxslar uchun ham moslashtirilgan. Ularning asosiy qismi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.