21 fevral kuni «O‘zbekgidroenergo» AJ katta majlislar zalida jamiyat hamda Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd. kompaniyasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir doirasida «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hamda XXRning Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd kompaniyasi prezidenti Xe Szyandun tomonidan innovatsion loyihalar asosida lokalizatsiya va mahalliylashtirish dasturi doirasida quvvati 2−15 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

реклама

Mazkur memorandum doirasida Xitoy Xalq Respublikasining gidroenergetika sohasida 60 yildan ortiq yuqori tajribaga ega bo‘lgan Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd. kompaniyasi bilan izchil hamkorlikda O‘zbekistonda quvvati 2−15 MVt gacha bo‘lgan gidroagregatlarni ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur xorijiy kompaniya nafaqat O‘zbekistonning gidroenergetika sohasi uchun gidroagregatlarni ishlab chiqaradi, balki endilikda O‘zbekiston orqali qo‘shni davlatlar — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va boshqa davlatlar uchun ham gidroagregatlar ishlab chiqariladi.

реклама

Mahalliylashtirish borasida gidroagregatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha «O‘zbekgidroenergo» tomonidan izchil ishlar amalga oshirilib, mazkur kompaniya vakillari bilan o‘tgan yilning avgust oyidan buyon hamkorlik borasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur hujjatga asosan, endilikda «O‘zbekgidroenergo» AJ Xitoyning Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda har bir loyiha uchun individual va eksklyuziv bo‘lgan gidroagregatlarni loyihalashtiradi. Mazkur gidroagregatlar «O‘zbekgidroenergo» AJning tizim tashkiloti hisoblangan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Energoqurilishindustriya» unitar korxonasidagi zavodda ishlab chiqariladi.

реклама

Memorandum hamda tegishli kelishuv doirasida Xitoyning Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan 30 dan ortiq muhandis-injenerlar gidroagregatlarni ishlab chiqarish jarayonida «O‘zbekgidroenergo» tizimidagi «Energoqurilishindustriya» UK zavodida faoliyatini davom ettiradi.

Ushbu amaliy hamkorlik doirasida yuqori innovatsion texnologik qurilmalarning mahalliylashtirish doirasida kelgusi istiqbolda moliyaviy sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga, sifatli va zamonaviy standartlarga asoslangan agregatlarni ishlab chiqarilishini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

реклама

Pirovard natijada, xususiy sektor vakillari, ya’ni tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. GES qurish borasida barcha zaruriy uskunalardan tortib, 2−15 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlarni O‘zbekistondan arzon narxlarda sotib olish imkoniyati yaratilmoqda.

Mazkur amaliy hamkorlik natijasida O‘zbekiston gidroenergetik salohiyati yanada ortadi hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali toza va arzon elektr energiya manbaini ishlab chiqarish hajmi keskin oshiriladi.

Reklama huquqlari asosida.