Jamiyat

Poytaxt va Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindi tashlashga qarshi 25 ta kamera o‘rnatildi
10 iyul 2023, 19:53

Poytaxt va Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindi tashlashga qarshi 25 ta kamera o‘rnatildi

Ekologiya vazirligi poytaxt va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindixonalarga 25 ta kamera o‘rnatdi. Yana 200 tasi o‘rnatilmoqda, keyin esa ular butun mamlakatni qamrab oladi (jami 1000 ga yaqin kameralar bo‘ladi). Vazirlik maishiy va qurilish chiqindilarini noqonuniy tashlaganlik uchun jarimalarni eslatdi.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarda 11-iyul kuni elektr vaqtincha o‘chiriladi
10 iyul 2023, 16:19

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarda 11-iyul kuni elektr vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli 11-iyul kuni poytaxtning Yangihayot, Yashnobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlaridagi ba’zi ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent hayvonot bog‘ida flamingo bolaladi — foto
10 iyul 2023, 15:00

Toshkent hayvonot bog‘ida flamingo bolaladi — foto

Toshkent hayvonot bog‘ida 3 ta pushti flamingo jo‘jalari dunyoga keldi. Hozirda ularning patlari rangi kulrang, pushtilari bir necha oyda chiqadi. Shu paytga qadar flamingolarning ko‘payishiga maydonning kichikligi va tashrif buyuruvchilarning juda yaqin kelishi imkon bermagan.

O‘zbekistonda hafta davomida issiq kuchayadi
10 iyul 2023, 11:21

O‘zbekistonda hafta davomida issiq kuchayadi

O‘zbekistonga bu hafta Erondan issiq havo kirib kelishi hisobiga issiq kuchayadi. Kunduzi harorat +43…+45 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. 14-iyulda esa +33…+38 darajagacha pasayadi.

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi
10 iyul 2023, 10:40

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrida 147-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobusning motor qismida yong‘in sodir bo‘ldi, hech kim jabrlanmadi.

Toshkentda chuqur o‘pirilishi oqibatida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarildi
10 iyul 2023, 09:46

Toshkentda chuqur o‘pirilishi oqibatida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarildi

Mirzo Ulug‘bek tumanida kanalizatsiya chuqurining o‘pirilishi oqibatida bir kishi tuproq ostida qolib ketdi. Fuqaro shahar FVB xodimlari tomonidan qutqarildi. Uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

FVV va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyati tog‘laridagi yong‘inning oldini oldi (video)
9 iyul 2023, 17:51

FVV va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyati tog‘laridagi yong‘inning oldini oldi (video)

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida yuz berishi mumkin bo‘lgan yirik yong‘inning oldini oldi.

11:00 gacha 6,4 mln kishi ovoz berdi, qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumotlar kelmadi — MSK raisi o‘rinbosari
9 iyul 2023, 12:49

11:00 gacha 6,4 mln kishi ovoz berdi, qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumotlar kelmadi — MSK raisi o‘rinbosari

Saylov jarayonining 11:00 gacha bo‘lgan qismida 6 mln 463 ming 874 kishi (saylovchilarning 33,54 foizi) ovoz berdi. “Ushbu raqamlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tgan, deb hisoblashga asos bo‘la oladi”, — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.

Qamchiq dovonida 2 ayol sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
9 iyul 2023, 06:36

Qamchiq dovonida 2 ayol sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida jaladan qochib, toshqin suvlari uchun mo‘ljallangan quvurga kirib olgan 2 nafar ayolni sel oqizib ketdi. 23 yoshli ayollarning ikkisi ham vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari ketmoqda.

Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi Toshkent yaqinida yonayotgan dalalarni o‘rganmoqda
8 iyul 2023, 23:44

Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi Toshkent yaqinida yonayotgan dalalarni o‘rganmoqda

Anhor.uz sayti poytaxt yaqinida yonayotgan dalalarning samolyotdan olingan suratlarini e’lon qildi. Bosh prokuraturaning bildirishicha, vaziyat Ekologiya vazirligi bilan birgalikda o‘rganilmoqda.

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiya qiladi
8 iyul 2023, 23:23

Nima o‘qiymiz? Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan xalqaro energetika forumi o‘tkazildi
8 iyul 2023, 19:00

“Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan xalqaro energetika forumi o‘tkazildi

Forum doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Shenzhen Kaifa Technology (Chengdu) Co., LTd kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

Sirdaryo viloyatida cho‘kayotgan ona-bolani qutqarib qolgan 21 yoshli yigit taqdirlandi
8 iyul 2023, 15:04

Sirdaryo viloyatida cho‘kayotgan ona-bolani qutqarib qolgan 21 yoshli yigit taqdirlandi

21 yoshli yigit Yangiyer shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida cho‘kayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Unga viloyat hokimi va FVB rahbari boshchiligida sovg‘a topshirildi.

Toshkentda Aziya Invest Favorit qurilish kompaniyasi bilan bog‘liq muammo hukumat komissiyasi tomonidan o‘rganiladi
8 iyul 2023, 14:48

Toshkentda Aziya Invest Favorit qurilish kompaniyasi bilan bog‘liq muammo hukumat komissiyasi tomonidan o‘rganiladi

Bosh vazir o‘rinbosari Ochilbay Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasi Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan 1000 dan ortiq fuqarolar muammosini ko‘rib chiqadi. U qurilishni yakunlash, bankka garov uchun qo‘yilgan kvartiralarni quruvchining boshqa mulklariga almashtirish imkoniyatlari kabilarni o‘rganadi.

P️rezident bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi
8 iyul 2023, 12:07

P️rezident bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi

O‘zbekistonning davlat bayrog‘idan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat bilan bayroqdan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan va hurmatsizlik deb baholanuvchi holatlar aniq belgilandi.

Aziya Invest Favorit ishi. 1000 kishi 300 mlrd so‘mni yo‘qotishi va uysiz qolishi mumkin
8 iyul 2023, 10:27

Aziya Invest Favorit ishi. 1000 kishi 300 mlrd so‘mni yo‘qotishi va uysiz qolishi mumkin

Bir guruh toshkentliklar 8 ta uy qurayotgan Aziya Invest Favorit ustidan prezidentga murojaat yo‘lladi. Unga ko‘ra, kompaniya kredit olish maqsadida sotilgan kvartiralarni garovga qo‘ygan, banklar esa kredit to‘lanmangani uchun uy-joylarni olib qo‘ygan. 1000 kishi ko‘rgan zarar 300 mlrd so‘mdan oshishi mumkin.

Nima tayyorlaymiz: Quyuq taomlar
8 iyul 2023, 10:02

Nima tayyorlaymiz: Quyuq taomlar

Dimlangan mayin tovuq filesi, temari-sushi, klassik lazanya, kartoshkadan pishloqli toblatma, meksikancha burrito va boshqalar — Zira.uz to‘yimli va mazali quyuq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

7-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
7 iyul 2023, 22:00

7-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

May oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston, Chilonzorda rejalashtirilgan loyihalar, diniy materiallarni tarqatgani uchun ozodligi 4 yilga cheklangan toshkentlik yigit, avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Click: ilovada identifikatsiyadan o‘tib, akkauntni yuz bilan himoyalash mumkin
7 iyul 2023, 19:00

Click: ilovada identifikatsiyadan o‘tib, akkauntni yuz bilan himoyalash mumkin

Endilikda Click-akkauntni firibgarlardan himoyalash uchun selfi qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Qorako‘lda IT klaster tashkil etiladi
7 iyul 2023, 17:36

Qorako‘lda IT klaster tashkil etiladi

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT klaster tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda universitet, masofaviy IT xizmatlarini eksport qilish markazi, tadqiqot markazlari va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq boshqa obyektlar ochiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting