8-iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida “Elektr tarmoqlaridan foydalanish sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil islohotlar” mavzuida xalqaro energetika forumi o‘tkazildi.

Tadbirda Janubiy Koreya, Xitoy kabi qator xorijiy davlatlarning yirik kompaniyalari vakillari, tizim tashkilotlari mutasaddilari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

реклама

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Alvar Gaybullayev forumni kirish so‘zi bilan ochar ekan, davlat rahbari tomonidan bugungi kunda mamlakat energetika sohasini tubdan isloh qilish, mazkur yo‘nalishga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, “raqamli transformatsiya” jarayonlarini izchil amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganiga yig‘ilganlar e’tiborini qaratdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda ayni sohada olib borilayotgan ishlarning ko‘lami va natijadorligi bugun xonadonlar, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘z aksini topmoqda. Ayniqsa, elektr energiya yetkazib berish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida hukumat tomonidan sohaga oid qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlar sohaga istiqbolli loyihalarni tatbiq etish, samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkonini bermoqda.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Janubiy Koreyaning KT Corporation kompaniyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamkorligida ishga tushirilgan “Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish markazi” mamlakatda energetika sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish, xususan, elektr energiya ta’minotida innovatsion texnologiya va yechimlardan foydalanish imkonini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.

реклама

Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiya yetkazib berishda xalqaro tajribani o‘rgangan holda raqobatdosh, ilmiy jihatdan asoslangan innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Xususan, jamiyat tomonidan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) joriy etilgani, ushbu dasturiy ta’minot orqali bugungi kunda elektr energiyasi iste’molining ishonchli hisob-kitob mexanizmi shaklllantirilib, energoresurslardan oqilona va maqsadli foydalanish imkoni kengayib borayotganini qayd etish joiz.

реклама

Shu bilan birga, mazkur tizim ishga tushirilishi orqali iste’molchilar o‘rtasida to‘lov intizomi mustahkamlanib, foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni istalgan joydan turib bank mobil ilovalari yoxud mamlakatda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) orqali o‘z vaqtida amalga oshirish imkoni yaratildi.

реклама

Tadbir ishtirkochilari Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Yig‘ilganlar bu yerda respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, shu bilan bir qatorda dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, ko‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni yaratilganiga guvoh bo‘ldilar. Bundan tashqari, qarzdor iste’molchilarni to‘liq avtomatik ravishda o‘chirish va sarf qilingan elektr energiyasi uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng qayta yoqish, masofadan turib elektr hisoblagichlarni qayta dasturlash, iste’molchilar hisoblagichlaridan olingan ma’lumotlarni qayta kabi vazifalar tizim orqali boshqarilishi jonli misollar orqali tushuntirib berildi.

реклама

Forum doirasida CAS (Central AMI System/Markaziy EEHONQAT) dasturiy ta’minotni boshqarish hamda texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamiyat va Shenzhen Kaifa Technology (Chengdu) Co., LTd kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va KT Corporation kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazini tashkil etish bo‘yicha 2019-yilda imzolangan bitim ayni maqsad yo‘lida qo‘yilgan dadil qadamlardan biri bo‘ldi. Elektron hisoblagichlar kelishuvga asosan koreyalik hamkorlar hamda “Elektron hisoblagich” MCHJ QK va “Toshelektrapparat” MCHJlar tomonidan yetkazib berilishi belgandi.

Reklama huquqlari asosida.