9-iyul kuni soat 19:13 atrofida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarildi, deya xabar bermoqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning Oltintepa ko‘chasida joylashgan honadonlarning birida uy egalari tomonidan kanalizatsiya quvurini ta’mirlash maqsadida chuqur qazilgan. Biroq uning o‘pirilishi oqibatida bir fuqaro tuproq ostida qolib ketgan.

Toshkent shahar FVB xodimlari olib borgan harakatlar natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilgan. So‘ngra tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Ayni vaqtda fuqaroning ahvoli yahshi, deyiladi xabarda.