Ta’mirlash ishlari sababli 11-iyul kuni poytaxtning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahri filiali matbuot xizmati xabar qildi.

Manzillar

Yangihayot tumani: “Jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida — 10:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani: “Tovkentepa” MFYning Yangihayot ko‘chasida — 10:00 dan 17:00 gacha;

Yunusobod tumani: “Otchopar” MFYning ayrim ko‘chalarida — 09:00 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: “Konstitutsiya” MFYning ayrim ko‘chalarida — 10:00 dan 16:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.