6-iyul kuni 21 yoshli yigit Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida cho‘kayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Saidislombek Abdulqosimzoda ismi yigitning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan payt u o‘sha atrofga yugurish uchun chiqqan. Qayd etilishicha, yosh bola kuchugini qutqarish uchun suvga tushgan. So‘ng bolaning onasi ham ularni qutqarish uchun suvga tushib, oqibatda ona-bola oqib ketgan. Yigit avvaliga bolani, so‘ng ayolni qutqarib qolgan.

сирдарё viloyati, чўкиш

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ulom Muxamedov ona va bolaning holidan xabar olib, yigit va uning otasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda yigitga viloyat FVB boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

сирдарё viloyati, чўкиш

Avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda hushsiz oqib ketayotgan 2 yoshli qizchani qutqarib qolgandi. Tuman FVB yigitni tashakkurnoma va sovg‘a bilan taqdirlagan.