Jamiyat

Nukusda FVV xodimlari devor orasiga tiqilib qolgan mushukni qutqarib oldi
18 iyul 2023, 14:23

Nukusda FVV xodimlari devor orasiga tiqilib qolgan mushukni qutqarib oldi

Nukusda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uy devorlari orasiga tiqilib qolgan mushukni chiqarib oldi.

Xorazmda bankka to‘pponcha bilan kirishga uringan shaxs ushlandi
18 iyul 2023, 12:48

Xorazmda bankka to‘pponcha bilan kirishga uringan shaxs ushlandi

Urganch shahrida bankka pnevmatik to‘pponcha bilan kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Holat yuzasidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlandi.

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
18 iyul 2023, 11:52

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chuvashiya Respublikasida hujjatlarini oldirib qo‘yib, oylik maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklarning 12 nafariga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Ular O‘zbekistonda yangi pasport oladi.

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi
18 iyul 2023, 11:33

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda sudlanganlar va ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda karrasiga oshgan. Sudlangan voyaga yetmaganlarning soni 3 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu Oliy sud ochiqlagan statistik ma’lumotlarda aks etadi.

Termizda 316 mln so‘m qalbaki pullar va alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi
18 iyul 2023, 11:24

Termizda 316 mln so‘m qalbaki pullar va alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida soxta pullar yasovchi shaxsdan olib qo‘yilgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m qalbaki pullar va noqonuniy alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi.

Foto: Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol ortidan elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi
18 iyul 2023, 10:44

Foto: Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol ortidan elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi

Dushanba kuni kuchli shamol Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda daraxt va uy tomlarining qulashi hamda elektr tarmoqlariga shikast yetishiga sabab bo‘ldi. Foto.

2023-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga 6,3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi
18 iyul 2023, 10:23

2023-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga 6,3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda 2023-yil yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 6 mln 337 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi vodiy viloyatlari va poytaxtda qayd etilgan. 2022-yil davomida chaqiriqlar soni 13 milliondan oshgandi.

Farg‘ona viloyatida 2−3 balli zilzila sodir bo‘ldi
18 iyul 2023, 09:01

Farg‘ona viloyatida 2−3 balli zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu shaharga yaqin boshqa hududlarga 2−3 ball ko‘rinishida sezildi.

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan
18 iyul 2023, 06:00

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Makka shahrida avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Buni tasdiqlagan imomning farzandi videomurojaat yo‘llab, otasini mashina turtib yuborgani, hozir uning ahvoli yaxshi ekani va har bir muolaja bepul amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

17-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
17 iyul 2023, 22:00

17-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Jizzaxda YTH sabab vafot etgan ikki futzalchi, Toshkentda TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urilgan Nexia-3, Gruziya portida logistika markazi ochishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston, iyun oyida inflyatsiya minimal darajaga yetgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“Eski” O‘zbekiston qoldiqlari. Fotoreportaj
17 iyul 2023, 19:41

“Eski” O‘zbekiston qoldiqlari. Fotoreportaj

Biz “Yangi O‘zbekiston” tomon shiddat bilan ildamlab ketmoqdamiz. Biroq bizni hamon “eski”sining qoldiqlari qurshab turibdi. Shiorlar, temir panjaralar, archalar, valyuta ayirboshlovchilar, “gazondan yurmang belgilari” va boshqa qoldiqlar — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

Click Up ilovasida yangi “Mening avto” bo‘limi paydo bo‘ldi
17 iyul 2023, 19:00

Click Up ilovasida yangi “Mening avto” bo‘limi paydo bo‘ldi

Endi Click Up ilovasining “Mening avto” bo‘limida 15% gacha keshbek bilan sug‘urtani rasmiylashtirish va avtomobil haqidagi barcha ma’lumotlarni qo‘l ostida saqlash mumkin.

Toshkent aeroportida yo‘lovchilar va xodimlarni haqorat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi
17 iyul 2023, 18:00

Toshkent aeroportida yo‘lovchilar va xodimlarni haqorat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi

Mast holatda aeroport xodimlari va yo‘lovchilarni haqorat qilgan erkak Toshkent−Moskva reysida uchmaydigan bo‘ldi va 10 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, u uch hafta oldin shu holatda bo‘lgani uchun besh kunga hibsga olingan bo‘lgan.

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi
17 iyul 2023, 17:56

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi

Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
17 iyul 2023, 15:40

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi
17 iyul 2023, 15:18

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi

Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.

Qashqadaryoda tadbirkor Qizil kitobga kirgan 753 tup o‘simlikka zarar yetkazdi
17 iyul 2023, 11:49

Qashqadaryoda tadbirkor Qizil kitobga kirgan 753 tup o‘simlikka zarar yetkazdi

Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragining ildizi kovlanib, kesib tashlandi. O‘simlik dunyosiga jami 372 mln 735 ming so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Hafta davomida harorat pasayib boradi
17 iyul 2023, 11:17

Hafta davomida harorat pasayib boradi

O‘zbekistonda hafta boshi biroz issiq — kunduz kunlari +35…+40 daraja, janubda +42…+44 daraja bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat foni +33…+38 darajagacha pasayishi, asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘onada to‘rt erkak bir ayolni do‘pposlab, zo‘rlagani aytilmoqda
16 iyul 2023, 16:17

Farg‘onada to‘rt erkak bir ayolni do‘pposlab, zo‘rlagani aytilmoqda

Beshariq tumanida to‘rt erkak oilali, ikki farzandi bor ayolni zo‘rlagani aytilgan video tarmoqlarda tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat to‘rt oy oldin sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchilar ushlangan.

Buxoroda brakoner ekologiya inspektoriga o‘q uzdi
16 iyul 2023, 13:13

Buxoroda brakoner ekologiya inspektoriga o‘q uzdi

Qorovulbozor tumanida reyd o‘tkazayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi. Unga hududda noqonuniy ov qilayotgan brakoner o‘q uzdi. Hozirda inspektorning ahvoli yaxshi, brakonerlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting