Jamiyat

Turkiyadagi zilzilalarda jabr ko‘rgan bir guruh nuroniylar O‘zbekistonga keldi
19 sentabr 2023, 17:02

Turkiyadagi zilzilalarda jabr ko‘rgan bir guruh nuroniylar O‘zbekistonga keldi

Fevral oyida Turkiyada ro‘y bergan zilzilalarda jabr ko‘rgan bir guruh nuroniylarning 30 nafari O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta davomida mamlakat bo‘ylab sayohat qiladi. Bu tashabbus Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ilgari surilgandi.

Uzbekistan’s Club xorijda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar haqidagi yangi loyihani taqdim etdi
19 sentabr 2023, 15:01

Uzbekistan’s Club xorijda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar haqidagi yangi loyihani taqdim etdi

Uzbekistan’s Club jamoasi O’zbekistonlik.Students loyihasini boshladi. Unda nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar haqida hikoya qilinadi. 1-son qahramonlari Oksford universitetidan Mushtariy Madrahimova va Sharqiy London universitetidan Azizbek Ahmadjonov bo‘ldi.

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi
19 sentabr 2023, 14:41

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklanganini ma’lum qildi. IIOga estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha 11 ta xat ham kiritilgan.

Andijonda 3 tup chinorni kesganlarning ozodligi 2 yilga cheklandi
19 sentabr 2023, 14:15

Andijonda 3 tup chinorni kesganlarning ozodligi 2 yilga cheklandi

Izboskan tumanida 2 fuqaro “xonadoniga xavf tug‘dirayotgani va qurilish ishlariga xalal bergani uchun” 3 tup g‘arb chinori daraxtini kesgandi. Sud ularga 131,4 mln so‘mlik zararni qoplash bilan birga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Farg‘onada to‘y korteji uyushtirgan 16 nafar yigit 15 sutkaga qamaldi
19 sentabr 2023, 11:21 1

Farg‘onada to‘y korteji uyushtirgan 16 nafar yigit 15 sutkaga qamaldi

Yozyovon tumanida to‘y korteji uyushtirib, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan 16 nafar yigit 15 sutkaga qamaldi.

“Sizlarni O‘zbekistonda kutib qolamiz”. Mirziyoyev AQShdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi (foto)
19 sentabr 2023, 09:31

“Sizlarni O‘zbekistonda kutib qolamiz”. Mirziyoyev AQShdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi (foto)

AQShga borgan Shavkat Mirziyoyev u yerdagi bir guruh vatandoshlar hamda “El-yurt umidi” stipendiatlari bilan uchrashdi. Unda xorijda o‘zbek tili kurslarini ochishga ko‘maklashish, vatandoshlar O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini ziyorat qilishi uchun maxsus turizm xizmatlarini ishlab chiqish rejalashtirilgani aytildi.

Farg‘onada tilanchilik qilayotgan bolali ayolni tepgan PPX xodimi ishdan olindi
19 sentabr 2023, 08:57

Farg‘onada tilanchilik qilayotgan bolali ayolni tepgan PPX xodimi ishdan olindi

Farg‘ona shahrida farzandi bilan tilanchilik qilayotgan ayolni tepib, mashinaga o‘tirishga majburlagan PPX xodimi ishdan bo‘shatildi. Viloyat IIB ayol “faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘lidagi bolasini yerga tashlab yubormoqchi bo‘lgan”ini bildirdi.

O‘zbekistonda Amerika texnologiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
19 sentabr 2023, 08:17

O‘zbekistonda Amerika texnologiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Amerika texnologiya universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda. Uni tashkil etish masalalari Nyu-Yorkda prezident Shavkat Mirziyoyev va Cintana ta’lim kompaniyasi asoschisi Duglas Bekker tomonidan muhokama qilindi.

Rossiya O‘zbekistonda bir nechta maktab qurishni taklif qildi
18 sentabr 2023, 22:10

Rossiya O‘zbekistonda bir nechta maktab qurishni taklif qildi

RF bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya o‘zbek tomoni manfaatdor bo‘lsa, O‘zbekistonda Rossiya dasturlari bo‘yicha rus tilida ta’lim beriladigan bir nechta maktablar qurishga tayyorligini ma’lum qildi.

18-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
18 sentabr 2023, 22:00

18-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Gulnora Karimovaning qaytarilgan aktivlari chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga sarflanishi, metan “zapravka"da narxlar cheklanishi haqida gapirgan energetika vaziri, Farg‘onada bolali ayolni tepgan PPX xodimi, valyuta chiqib ketishidan xavotirlanayotgan Markaziy bank va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Koronavirusning pirola nomli yangi shtami O‘zbekistonda qayd etilgani yo‘q — Sanepidqo‘mita
18 sentabr 2023, 17:53

Koronavirusning pirola nomli yangi shtami O‘zbekistonda qayd etilgani yo‘q — Sanepidqo‘mita

Qator davlatlarda koronavirusning pirola nomli yangi shtami keng tarqalmoqda, u omikrondan ham yuqumliroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hozirgacha mamlakatda bu shtamm qayd etilmagani va vaziyat barqaror ekanini bildirdi.

Toshkentda uy olmoqchi bo‘lgan fuqarolarning 4 mlrd so‘mdan ortiq puli talon-toroj qilingan — Bosh prokuratura
18 sentabr 2023, 17:09

Toshkentda uy olmoqchi bo‘lgan fuqarolarning 4 mlrd so‘mdan ortiq puli talon-toroj qilingan — Bosh prokuratura

Yashnobod tumanida qurilish kompaniyasi rahbari xonadon sotib olmoqchi bo‘lgan 23 kishi bilan soxta oldi-sotdi shartnomasini tuzib, ularning 4 mlrd so‘mdan ortiq pulini qo‘lga kiritgani aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va boshqa moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada PPX xodimi bolali ayolni tepgani aks etgan video tarqaldi. IIV vaziyatni o‘rganmoqda
18 sentabr 2023, 16:38

Farg‘onada PPX xodimi bolali ayolni tepgani aks etgan video tarqaldi. IIV vaziyatni o‘rganmoqda

Farg‘ona shahrida patrul-post xizmati xodimi ayolni tepib, uni mashinaga o‘tirg‘izgani aks etgan video tarqaldi. IIV ayol bolasi bilan yo‘lda tilanchilik qilayotgani uchun olib ketilgan bo‘lishi mumkinligi, holat o‘rganilayotganini bildirdi. Bu qo‘pol munosabatni oqlab bo‘lmaydi, — deya ta’kidlaydi vazirlik.

Toshkentda 22-sentabrda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi
18 sentabr 2023, 15:50

Toshkentda 22-sentabrda “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 22-sentabr kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi. Aholiga piyoda yurish, velosiped va jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi
18 sentabr 2023, 14:07

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi

20−22-sentabr kunlari yog‘ishi kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Buxoroda 26,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar qamaldi
18 sentabr 2023, 13:18

Buxoroda 26,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar qamaldi

Kogon tumanida tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar aniqlandi. Ular 11 va 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Tilla va kumushni taomga qo‘shib yeyish halol emas — Fatvo markazi
18 sentabr 2023, 12:00

Tilla va kumushni taomga qo‘shib yeyish halol emas — Fatvo markazi

Farg‘ona viloyatidagi restoranda tilla solingan taomlar tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Fatvo markazi oltin va kumushni taomga qo‘shib tanovul qilish durust va halol emasligini bildirdi. Shuningdek, bu molni isrof qilish va ne’matlarning qadrini yerga urishdir, deydi markaz.

Poytaxtdagi 2984 ta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan — Raqobat qo‘mitasi
18 sentabr 2023, 11:52

Poytaxtdagi 2984 ta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan — Raqobat qo‘mitasi

Toshkent shahridagi 2984 ta reklama va axborot obyektlari noqonuniy joylashtirilgani, 6004 tasi esa talablarga mos emasligi aniqlandi, deya ma’lum qildi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Qolaversa, 159 ta reklama davlat tilida emas, balki boshqa tillarda berilgan.

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
18 sentabr 2023, 11:26

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelib, harorat pasayadi. Hafta davomida harorat kunduzi +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Maldiv orollariga ta’tilni oldindan band qilish uchun beshta sabab
18 sentabr 2023, 11:00

Maldiv orollariga ta’tilni oldindan band qilish uchun beshta sabab

Milliy turoperator Asialuxe Travel Maldiv orollarida ta’tilni oldindan band qilishning afzalliklari haqida gapirib berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting