Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelib, harorat pasayadi. Hafta davomida harorat kunduzi +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Gulnora Karimovaning qaytarilgan aktivlari O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga sarflanadi

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan aktivlarini qaytarish uchun tuzilgan Uzbekistan Vision 2030 jamg‘armasi BMTning yangi loyihasini moliyalashtirish uchun 43,5 mln dollar ajratdi. U O‘zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va chaqaloqlar o‘limini kamaytirishga qaratilgan.

Markaziy bank banklardagi ikkilamchi hisobvaraqlar orqali valyuta chiqib ketishi mumkinligidan xavotirlanmoqda

Markaziy bank ikkilamchi bank hisob raqamlari orqali chet el valyutasi tovarlar importi doirasida noqonuniy olib chiqib ketilishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Komplayens-nazorat choralaridan asosiy maqsad banklar va tadbirkorlik subyektlari sanksiya cheklovlariga tushishining oldini olish, dedi MB raisi.

“Avtokreditlashdagi o‘sish sur’ati kreditlashning umumiy o‘sish sur’atidan bir necha baravar yuqori” — Markaziy banki raisi

Markaziy bank “avtokreditlash yuqori sur’atda o‘sayotgani"dan xavotirda, chunki bu bank tizimi uchun xavf tug‘diradi. Shu bois regulyator talablarni kuchaytirishga qaror qilgan, bu faqat “standartlardan tashqariga chiqqan” banklarga taalluqli bo‘ladi, dedi regulyator rahbari Mamarizo Nurmuratov.

“Insof bilan ishlashlari uchun”. O‘zbekiston energetika vaziri — metan “zapravka"larda narxlar cheklanishi haqida

O‘zbekistonda tariflar oshganidan so‘ng gaz quyish shoxobchalaridagi narxlar 3250 so‘mgacha cheklangan taqdirda ham AGTKSHlar kiritgan sarmoyasini qaytara oladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri. Tadbirkorlardan biri bu narx bilan ishlay olmasligi mumkinligini aytdi.

Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma tuzish yana ochildi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun yana bir bor cheklangan miqdordagi kontraktatsiyani ochdi. Shartnomalarni Chevrolet`ning vakolatli dilerlik markazlarida tuzish mumkin.

Koronavirusning pirola nomli yangi shtami O‘zbekistonda qayd etilgani yo‘q — Sanepidqo‘mita

Qator davlatlarda koronavirusning pirola nomli yangi shtami keng tarqalmoqda, u omikrondan ham yuqumliroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hozirgacha mamlakatda bu shtamm qayd etilmagani va vaziyat barqaror ekanini bildirdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi un va non narxi oshganiga izoh berdi

O‘tgan haftada O‘zbekiston viloyatlarida un va non narxi keskin oshdi. Bu Qozog‘istondan import qilinadigan g‘alla narxining oshishi fonida sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi narxlarning o‘sishini mavsumiy tebranishlar bilan izohladi va rossiyalik treyderlar harakatiga ham ishora qildi.

Farg‘onada PPX xodimi bolali ayolni tepgani aks etgan video tarqaldi. IIV vaziyatni o‘rganmoqda

Farg‘ona shahrida patrul-post xizmati xodimi ayolni tepib, uni mashinaga o‘tirg‘izgani aks etgan video tarqaldi. IIV ayol bolasi bilan yo‘lda tilanchilik qilayotgani uchun olib ketilgan bo‘lishi mumkinligi, holat o‘rganilayotganini bildirdi. Bu qo‘pol munosabatni oqlab bo‘lmaydi, — deya ta’kidlaydi vazirlik.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya 2024-yilga mo‘ljallangan mudofaa sohasida hamkorlik rejasini imzoladi

Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.

Tilla va kumushni taomga qo‘shib yeyish halol emas — Fatvo markazi

Farg‘ona viloyatidagi restoranda tilla solingan taomlar tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Fatvo markazi oltin va kumushni taomga qo‘shib tanovul qilish durust va halol emasligini bildirdi. Shuningdek, bu molni isrof qilish va ne’matlarning qadrini yerga urishdir, deydi markaz.

Buxoroda 26,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar qamaldi

Kogon tumanida tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar aniqlandi. Ular 11 va 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.