Toshkent shahri Yashnobod tumanida 9 ta xonadon 39 kishiga sotilgani aytilayotgani, prokuratura ishni o‘rganayotgani haqida xabar bergandik. Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, Z.G. MCHJ rahbari A.A. xonadon sotib olish istagini bildirgan 23 nafar fuqaro bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzgan. Fuqarolarning jami 4 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

So‘ng qurilishni tugatmasdan, xonadonlarni fuqarolarga rasmiylashtirib bermay, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organiga yuborildi.