Uzbekistan’s Club nodavlat notijorat tashkiloti o‘zbekistonliklar haqidagi yangi loyihani taqdim etdi. Loyiha nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar haqida.

Uning qahramonlari dunyoning nufuzli universitetlariga qanday kirish, imtihonlarni qanday topshirish, stipendiya olish va o‘qish paytida uchraydigan qiyinchiliklar haqida so‘z yuritadi.

Birinchi qismning premerasi 16-sentabr kuni soat 18:00 da MY5 telekanalida va Uzbekistan’s Club YouTube kanalida bo‘lib o‘tdi. Premera epizodining qahramonlari Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan ikki talaba: Oksford universitetining 36 yoshli magistranti, o‘qishni “Davlat siyosati” (Public policy) yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan urganchlik “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Mushtariy Madrahimova va Sharqiy London universitetining “Sport menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada tahsil olayotgan namanganlik Azizbek Ahmadjonov. Mushtariy Madrahimova bir necha yil O‘zbekiston Adliya vazirligida ishlagan.

O’zbekistonlik.Students g‘oyasi O‘zbekiston yoshlariga chet elda o‘qish uchun haqiqiy imkoniyatlar haqida ma’lumot berish, shuningdek, o‘qish va og‘ir mehnat bilan shug‘ullanayotganlar dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarini zabt etishlari mumkinligini ko‘rsatishdan iborat. Shou qahramonlari faqat o‘zlarining mehnatsevarligi va tirishqoqligi tufayli natijaga kirishga erishgan talabalardir.

Loyiha Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Serial O’zbekistonlik filmlar seriyasi va shu nomdagi xalqaro forumlar bilan mashhur Uzbekistan’s Club jamoasi tomonidan suratga olingan.

Uzbekistan’s Club butun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘zbekistonliklarni birlashtirish, shuningdek, o‘zbekistonliklarning zamonaviy, mehnatkash va intellektual millat sifatidagi imijini targ‘ib qilish uchun yaratilgan global maydondir, deya ta’kidlaydi NNT.