AQShga amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni AQShda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlar hamda mamlakatda tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda davlat rahbari vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning jamoat birlashmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, xorijda o‘zbek tili kurslarini tashkil etishga keng ko‘maklashishi, vatandoshlar O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini ziyorat qilishi uchun maxsus turizm xizmatlari to‘plamlarini ishlab chiqish rejalashtirilgani qayd etildi.

“Biz ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyotda olib borayotgan yangilanishlar natijasini har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida his qilishi kerak. Sizlardek xorijda o‘qigan, yirik kompaniyalarda ishlab, tajriba orttirgan yuqori malakali mutaxassislar ham yurtimizga qaytib kelishi va butun salohiyati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ishtirok eta olishlari uchun barcha sharoitni yaratishimiz kerak, — dedi prezident. — Bugun shu yerdagi har bir o‘zbekistonlikda kuchli vatan hissi va uning rivojiga hissa qo‘shish ishtiyoqini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Sizlarni O‘zbekistonda kutib qolamiz”.

Katta kompaniyalarda ishlayotgan va nufuzli oliy ta’lim dargohlarida o‘qiyotgan vatandoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Jamiyat hayoti va iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan fikr almashildi. Qaratilayotgan katta e’tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirib, vatandoshlar O‘zbekiston rivojiga munosib hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidladi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Prezident 2017-yilda ham AQShda vatandoshlar bilan uchrashib, o‘shanda ularni O‘zbekistonga taklif qilgan va qo‘llab-quvvatlash hamda har tomonlama rag‘batlantirishga va’da bergan.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish markazi “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etilgan.

Foto

ақшдаги o‘zbekистонликлар, шавкат мирзиёев, эл-yurt umidi