Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni «Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini [PF-14] imzolandi. Farmon matni «Gazeta.uz»da mavjud.

Farmonga muvofiq vazirlik va idoralarda budjet va nobudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz). Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (- 63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 taavtotransport vositalari va 10 ta binolar bo‘shamoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:

  • shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion so‘m;
  • avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilg‘i-moylash, shinalarni almashtirishxarajatlari) 70 milliard so‘m budjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilandi. Vazirlik va idoralarning nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qat’iy taqiqlandi.

Har bir vazirlik va idora o‘z faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirish maqsadida 16 ta yo‘nalish bo‘yicha aniq takliflarni o‘z ichiga olgan prezidentning hujjati loyihasini kiritadi. Unda, shu jumladan quyidagi masalalar bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanadi:

  • sohalarda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechimtopishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish;
  • budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish;
  • tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsingmexanizmlarini keng joriy qilish, 2023 yildan boshlab vazirlik
    va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish;
  • tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish
    va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;
  • vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga «tashxis qo‘yish» hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish;
  • sohaga AKTni keng joriy etish, shu jumladan vazirlik
    va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish;
  • energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish.

Vazirlik va idoralarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi. Hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilandi (ular tarkibiga kirgan barcha qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

  • vazirliklar — 21 ta;
  • qo‘mitalar — 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
  • agentliklar — 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
  • inspeksiyalar — 11 ta.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning o‘zbek va rus tillaridagi qisqartma nomlari tasdiqlanib, ularni yig‘ilish
va videoselektor bayonlari, xizmat yozishmalari, tahliliy materiallarda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari va hududiy bo‘linmalarining tuzilmalarini shakllantirish bo‘yicha yagona talablar tasdiqlanmoqda. Endilikda vazirlik va idoralarning markaziy apparatlarida tarkibiy bo‘linmalar faqat 4 ta shakldan iborat bo‘ladi (departament 20+; boshqarma 7−19; bo‘lim 2−6; mutaxassislar 1).

Bunda, vazirliklar huzuridagi qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda departament shaklida tarkibiy tuzilma tashkil qilinmaydi. Amalda tarkibiy bo‘linmalarning 10 tadan ziyod shakllari mavjud (departament, bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim, sho‘’ba, xizmat, byuro, guruh va boshqalar).

Rahbar xodimlar (rahbar, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, yordamchisi, departament, boshqarma, bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosarlari) va ijrochilar (mutaxassislar) nisbati markaziy apparat bo‘yicha kamida 1/3 nisbatda (33/67 foiz) bo‘ladi. Amalda bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatida rahbar va ijrochi xodimlar nisbati 44/56 foizni
yoki Energetika vazirligida 41/59 foizni tashkil qilmoqda.

Vazirlarga ularning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirish, kunlik ishlar bo‘yicha ish yuklamasini kamaytirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil jihatdan ta’minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilishga huquq beriladi.

Strategik rejalashtirish, axborot xizmati, kadrlar, axborot tahlil, ijro nazorati, murojaatlar, AKT, yuridik ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliya-iqtisod, xalqaro aloqalar, birinchi bo‘lim tarkibiy bo‘linmalari tashkil etilishi majburiy etib belgilandi.

Bunda, strategik rejalashtirish, axborot xizmati, korrupsiyaga qarshi kurashish va xalqaro aloqalar bo‘linmalari faqatginavazirlik va mustaqil maqomga ega bo‘lgan idorada tashkil qilinib, ushbu yo‘nalishlarda ular yagona siyosatni amalga oshiradi.

Vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarida:

  • tarkibiy bo‘linmalar faqat 3 ta shakldan iborat bo‘ladi (bo‘lim 5+; sho‘’ba 2−4; mutaxassislar 1);
  • rahbar xodimlar (boshqarma, bo‘lim hamda sho‘’ba boshliqlari va o‘rinbosarlari) va ijrochilar nisbati bo‘linma bo‘yicha kamida
    1/3 nisbatda (33/67 foiz) bo‘ladi.

Amalda Madaniyat vazirligining tuman (shahar) bo‘linmalarida rahbar va ijrochi xodimlar nisbati 63/37 foizni tashkil qilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan:

  • yuridik maqomga ega bo‘lgan jamg‘armalar ijro etuvchi organlarining (direksiyalar, qo‘mitalar, departamentlar) faoliyatini tugatish, ularning funksiyalarini tegishli vazirlik
    va idoralarga o‘tkazish;
  • vazirlik va idoralarda xizmat avtotransportidanfoydalanish tizimini autsorsing asosida tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritiladi.