27 yanvar kuni Bishkekdagi «Ala-Archa» davlat qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida davlat rahbarlari huzurida 20 dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar almashinildi. Jumladan, Jizzax viloyati bilan Issiqko‘l viloyati, Andijon viloyati bilan O‘sh viloyati, Farg‘ona viloyati bilan Botken viloyati hamda Namangan viloyati bilan Jalolobod viloyati o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompleks dasturlar imzolandi.

qirg‘iz-o‘zbek чегараси, qirg‘izистон

«Biz har bir masalani har tomonlama puxta, shoshilmasdan ko‘rib chiqdik. Va bizda endi hech qanday muammoli savollar yo‘q. Qirg‘iziston va O‘zbekiston mustaqilligining 31 yili davomida tarixda birinchi marta bunday darajadagi munosabatlarga erishdi. Hamkasbim Sadir Nurgojayevichga shaxsan qo‘llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman», — dedi O‘zbekiston rahbari.

«Chegara masalalarida ham uning siyosiy irodasi bo‘lmaganida, natijaga erishmagan bo‘lardik. Xuddi avvalgidek: „Ha, qilamiz, lekin ertaga va indinga…“ deyish mumkin edi. Ammo „ertaga“ deyish bilan 30 yil o‘tdi va biz bu masalalarni hal qilganimiz yo‘q. Shuning uchun, ayniqsa, Qirg‘iziston prezidentiga yana bir bor o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman», — ta’kidladi prezident.

Cadir Japarov, o‘z navbatida, qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish yakunlanayotganini bildirdi.

qirg‘iz-o‘zbek чегараси, qirg‘izистон

«Qirg‘iziston qardosh O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Biz uchun O‘zbekiston haqiqiy do‘st va ishonchli strategik sherikdir. An’anaga ko‘ra, uchrashuv ochiq va do‘stona ruhda o‘tadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy qarama-qarshiliklar yo‘q. Bugun biz qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilishni yakunlayapmiz. Bu haqiqatan ham tarixiy voqea. Biz muloqotga va o‘zaro maqbul yechimlarni izlashga tayyorligimizni namoyish etdik. Ishonchim komilki, chegaralar masalasiga chek qo‘yib, biz kelajak avlodlarimiz kamolotiga mustahkam poydevor qo‘yamiz», — dedi Japarov.

qirg‘iz-o‘zbek чегараси, qirg‘izистон

«Muhtaram Shavkat Miromonovich, qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muhim masalalarni hal etishda Sizning beqiyos hissangiz borligini qayd etmoqchiman. Davlat tashrifi doirasida shartnomani ratifikatsiya yorliqlarini almashish orqali bunday muhim voqea ta’minlanishi alohida e’tiborga molik. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolaymiz va shu orqali munosabatlarimizni misli ko‘rilmagan darajaga olib chiqamiz», — dedi Sadir Japarov.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qullagandi. Hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan.