Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Muzaffar Abdurahmonov o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqdagi qarorni poytaxt hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov 16 yanvar kuni imzoladi.

Hujjatda aytilishicha, Abdurahmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 13 yanvar kuni o‘z iltimosiga ko‘ra bekor qilingan. U 2021 yildan buyon hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bundan tashqari, Abdurahmonov 2018 yilda Toshkent shahar soliq bosh boshqarmasida Soliq huquqbuzarliklarining profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i, «Farhod dehqon» bozori Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

bахтиёр раҳмоноv, жаҳонгир ортиқхўжаеv, тошкент hokimлиги

Muzaffar Abduraxmanov.

«Gazeta.uz» manbasining yozishicha, Muzaffar Abdurahmonov Jahongir Ortiqxo‘jayevning eng yaqin kishilaridan biri bo‘lib, poytaxt hokimligining munitsipal yo‘nalishida (yer uchastkalari, binolar, bozorlar) rahbar bo‘lgan.

Tegishli qaror Baxtiyor Rahmonov hokim vazifasini bajaruvchi sifatida imzolagan birinchi hujjat bo‘ldi.

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olinganini ma’lum qildi. «Quruq gap, yolg‘on „svodka“ bilan pastga tushmagani uchun kechasi shtabda ishdan oldim», — dedi prezident.

O‘sha kuni sobiq hokim va uning oilasi Turkiyaning Istanbul shahriga uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY 271 reysiga ro‘yxatdan o‘tgani, biroq sobiq hokim to‘xtatib qolingani aytildi. Xabar esa rasman tasdiqlanmadi.