O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni rafiqasi bilan birga davlat tashrifi yuzasidan Bishkek shahriga keldi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Manas» xalqaro aeroportida mehmonlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

шавкат мирзиёев, qirg‘izистонга tashrif

U yerda davlat rahbarlariga O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni aks ettiruvchi musiqiy-folklor chiqishlar namoyish etildi. So‘ng Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov hamrohligida «Ata-Beyit» milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbari 1916 yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan «Urkun» yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

Majmua 2000 yilda qirg‘iz davlatchiligining eng muhim bosqichlari haqidagi tarixiy xotirani tiklash va asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan. Qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisi Chingiz Aytmatov taklifi bilan yodgorlikka «Ata-Beyit» — «Otalar qabri» degan nom berilgan.

Ma’lumot uchun, davlat tashrifining asosiy tadbirlari 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.