Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari bo‘ldi. U 1979 yilning 22 fevralida Buxoro viloyati Buxoro tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi — moliya va kredit, bank ishi. O‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Markaziy bankining turli lavozimlarida ishlagan. Shu vaqtgacha Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

тайинловлар
Foto: O‘zA.

тайинловлар

O‘ktam Masharipov. Foto: Xorazm viloyati hokimligi

O‘ktam Masharipov esa Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur lavozimga qadar u Hazorasp (2018−2022 yillar) tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. O‘ktam Masharipov ushbu lavozimda Ravshan Jabborovning o‘rnini egallagandi.

Bundan tashqari Nodirbek Yakubov Piskent tumani hokimi bo‘ldi. Bunga qadar u bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

тайинловлар