27 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiquvchi Deklaratsiyaga imzo chekdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari huzurida davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo va hududlararo 25 ta hujjatlar almashildi.

Xususan, ularning eng muhimlaridan biri O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almashish to‘g‘risida bayonnomadir. Ikki davlat parlamentlari ushbu shartnomani va Andijon (Kampir-obod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni 2022 yil noyabr oyida ratifikatsiya qilgandi.

Bundan tashqari, vazirlar va idoralar rahbarlari ikki mamlakat prezidentlari ishtirokida quyidagi imzolangan hujjatlarni almashdilar:

  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish to‘g‘risida bitim;
  • 2006 yil 3 oktabrda imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • 2017 yil 6 sentabrda imzolangan O‘zbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldi viloyatlarining vakolatli vakillari Kengashini tashkil etish to‘g‘risida anglashuv memorandumiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston hukumati bilan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida strategik savdo-iqtisodiy sheriklik to‘g‘risida 2023−2025 yillarga mo‘ljallangan dastur;
  • O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasi bilan Qirg‘iziston moliya vazirligi huzuridagi davlat bojxona xizmati o‘rtasida o‘zaro savdoda bojxona statistikasi ma’lumotlarini almashishda hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasi bilan Qirg‘iziston moliya vazirligi huzuridagi davlat bojxona xizmati o‘rtasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan shubhali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni oldini olish, aniqlash va to‘xtatish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston energetikaa vazirligi bilan Qirg‘iziston energetika vazirligi o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston energetikaa vazirligi bilan Qirg‘iziston energetika vazirligi o‘rtasida ko‘mir sanoatida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bitim;
  • O‘zbekiston energetika vazirligi bilan Qirg‘iziston energetika vazirligi o‘rtasida Chotqol GES kasakadi qurilishi bo‘yicha anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Qirg‘iziston iqtisodiyot va tijorat vazirligi o‘rtasida sanoatning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi investiyalar milliy agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi intellektual mulk va innvatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston bilan Qirg‘izston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yillgini keng nishonlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi.
  • Jizzax viloyati hokimiyati bilan Qirg‘iziston prezidentining Issiq-ko‘l viloyatidagi vakolatli vakili apparati o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitim.