Chorshanba kuni Surxondaryo viloyatining 13 ta tumanida o‘tkazilgan xalq deputatlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarilarda yangi hokimlar tasdiqlandi.

11 ta tumanda respublika darajasidagi tashkilotlar hamda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar hokim etib tasdiqlangan bo‘lsa, 2 ta tumanda rotatsion tarzda tayinlandi.

Davozimdan ozod qilish va yangi hokimlar tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqilgan majlislarda Surxondaryo hokimi v. b. Ulug‘bek Kosimov (Toshkent shahrining sobiq prokurori, dekabrda ushbu lavozimga tayinlangan) va O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishlarida so‘zga chiqqan faollar mahalliy hokimlar Davlat rahbarining talabi bilan aytganda bugungi kunning zamonaviy fikrlovchi, odamlarni rozi qilish harakati bilan yashovchi, hududda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan kadrlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlashdi.

Tayinlovlar

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Angor tumani — Qosim Esonovich Mardonov

2020 yildan Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan. Avvalgi hokim: Shohjaxon Bekmuratovich Abdullayev.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Bandixon tumani — Abdumalik Abduqodirovich Allamuradov
2022 yildan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Avvalgi hokim: O‘tkir Abduzoirovich Choriyev.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Boysun tumani — Shukurov Boxadir Shoturayevich
2022 yildan Vazirlar Mahkamasi Ekologik nazorat departamenti mudiri lavozimida ishlab kelgan. Avvalgi hokim: Asqarali Choriyevich Jurayev.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Denov tumani — Ilhom Ibrohimovich Abrorov

2020 yildan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Oldingi hokim: Abdumalik Abduqodirovich Allamuradov.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Jarqo‘rg‘on tumani — Elmurod Ro‘zimurodovich Avazov

2022 yildan Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Avvalgi hokim: Bahodir Abdiqayum o‘g‘li O‘rakov.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Qiziriq tumani — Sherzod Abdimuratovich Rajabov

2021 yildan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Oldingi hokim: Rustam Ubodullayevich Pardayev.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Muzrobod tumani — Abdurashid Xudayarovich Ismailov

2022 yildan Muzrobod tumani hokimining moliya-iqtisodiy masalalar va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari. Avvalgi hokim: Abdurashid Xudayarovich Ismoilov.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Oltinsoy tumani — Baxrom Omonovich Maxmatrayemov

2021 yildan Kinematografiya agentligi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Oldingi hokim: Alisher Turabovich Djumayev.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Sariosiyo tumani — Abduqodir Xaydarovich Donayev

2022 yildan Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori. Oldingi hokim: Abdisalom Pardayevich Xo‘jaqulov.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Termiz tumani — Nazarov Shuhrat Xudayberdiyevich

2022 yildan buyon Toshkent viloyati Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i. Avvalgi hokim: Shuhratjon Bekmaxmatovich Urinov.

сурхондарё viloyati, taйинлоvларUzun tumani — Xabibulla Sherdanaqulovich Bozorov

2022 yildan Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Avvalgi hokim: Bahrom Boboxonovich Tursunov.

сурхондарё viloyati, taйинлоvларSherobod tumani — Zaynobiddin Jalolitdinovich Xalilov

2022 yildan Hisob palatasida bo‘lim mudiri lavozimida ishlab kelgan. Oldingi hokim: Ziyadulla O‘roqovich Davlatov.

сурхондарё viloyati, taйинлоvлар

Sho‘rchi tumani — Ulug‘bek Xurramovich Zokirov

2022 yildan buyon Markaziy bank departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Avvalgi hokim: Baxtiyor Xaitovich Xudoyberganov.