24-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Singapur prezidenti Halima Yaqubning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida Singapur prezidenti Halima Yaqub Shavkat Mirziyoyevga bo‘lajak O‘zbekiston prezidenti saylovida muvaffaqiyat tiladi. Ushbu oliy darajadagi tashrif ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 25 yil ichida birinchisi ekani ta’kidlandi.

davlat boshqaruvi, инвестиция, сингапур

Muzokaralarda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, jamoat xavfsizligi va madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha muloqotlarni faollashtirish masalalariga katta e’tibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yutuqlarga erishilayotgani alohida ta’kidlandi.

davlat boshqaruvi, инвестиция, сингапур

Bugungi kunda Singapurning Indorama, Meinhardt Group, Franklin Templeton, Enercon, PSA, Changi Airport va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda kimyo va to‘qimachilik sanoati, transport va logistika, shaharsozlik, ta’lim xizmatlari, xususiylashtirish sohalarida 3,8 milliard dollarlik loyihalarning amalga oshirilishi faollashgan.

Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi. Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasidagi O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi natijalari savdo, logistika, innovatsiyalar, energetika, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda yetakchi kompaniyalarning investitsiyaviy sherikligini kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

davlat boshqaruvi, инвестиция, сингапур

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat mahsulotlarining Singapur bozoriga yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar gumanitar loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga qat’iy intilishini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim markazi doirasida Singapurning davlat boshqaruvi va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasini joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Singapurning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi muntazam madaniy, ta’lim va turizm almashinuvlarining faollashishi qo‘llab-quvvatlandi.

davlat boshqaruvi, инвестиция, сингапур

Davlat rahbarlari Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda mintaqaviy integratsiyaning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, xalqaro maydonda, eng avvalo, BMT doirasida hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonida o‘zaro anglashuv va qo‘llab-quvvatlash darajasi yuqori ekanini qayd etdi.