Seshanba kuni Singapur prezidenti Halima Yaqub turmush o‘rtog‘i Mohammed Abdullah Alhabshi bilan davlat tashrifini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, martabali mehmonlarni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov kutib oldi.

uzbekistan airways, синgapuр, ҳалима яқuб

Prezident juftligi Ostona shahridan (Qozog‘istonda ham davlat tashrifi bilan bo‘ldi) Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY722 doimiy reysi bilan Airbus A320 samolyotida uchishdi.

uzbekistan airways, синgapuр, ҳалима яқuб

Oliy martabali mehmon va Singapur delegatsiyasi a’zolari “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi, mamlakatimizning istiqlol yillaridagi rivojlanishi va ushbu betakror majmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi.

uzbekistan airways, синgapuр, ҳалима яқuб

25-mayga qadar davom etadigan tashrif doirasida u prezident Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, ikki davlat biznes-forumining ochilishida ishtirok etadi hamda Samarqandga tashrif buyuradi.

Halima Yaqubning O‘zbekistonga tashrifi javob safaridir. Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida Singapurga davlat tashrifi bilan borgan edi.

Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, Singapur prezidenti, bosh vaziri va rasmiylari odatda Singapore Airlines milliy aviakompaniyasi yoki boshqa tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan muntazam yo‘lovchi reyslarida safar qilishadi. Zarur hollarda Singapur hukumati mamlakat qurolli kuchlarining Airbus A330 MRTT va Fokker 50 samolyotlaridan foydalanishi mumkin.

Singapurning birinchi bosh vaziri (1959−1990) Li Kuan Yu o‘zining “Singapur: uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” asarida “Uchinchi dunyo”ning qator mamlakatlari rahbarlaridan farqli o‘laroq, (1970−1990-yillar haqida gap ketmoqda) oddiy doimiy samolyot reyslarida uchishni afzal ko‘rgani, bu esa Singapurga ko‘p yillar davomida “uchinchi dunyo” davlati maqomini saqlab qolish hamda rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tegishli imtiyozlardan foydalanish imkonini berganini yozgan.