Qatar poytaxti Doha shahrida 11-dekabr kuni O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar bermoqda.

Ushbu elchixonalar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb yozadi vazir.

U Qatarga “Umumiy kelajakni bunyod etish” mavzusidagi Doha forumida ishtirok etish uchun borgan. Tashrif davomida Qatar bosh vaziri, shuningdek, transport vaziri va boshqalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2023-yil may oyida Toshkentda Qatarning diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi.