Xalq deputatlari Andijon viloyati Izboskan tumani kengashi sessiyasida hokim almashdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot kotibi Muslim Ibrohimov.

Izboskan tumani, Hojiakbar Uмаров, Serobiddin Ismoilov

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida o‘tkazilgan sessiyada uning qaroriga asosan tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan Serobiddin Poziljonovich Ismoilovni vazifasidan ozod etildi. U 2 kun avval — 8-dekabr kuni hokim sifatida ko‘rinish bergan, tuman hokimligi uning aholi bilan sayyor qabul o‘tkazgani haqida yozgandi.

“Yangi O‘zbekiston” nashriga ko‘ra, Ismoilov mazkur lavozimga 2018-yilda tayinlangan.

Serobiddin Ismoilov. Foto: Izboskan tumani hokimligi Serobiddin Ismoilov. Foto: Izboskan tumani hokimligi

Hokim vazifasini vaqtinchalik bajarish esa tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Hojiakbar Umarovga topshirildi.