O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-dekabrdan boshlab qisqa muddatli ta’tilga chiqdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari 2022-yil yanvar oyida qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. Ta’til 5-yanvarda boshlanib, 7-yanvarda yakunlangandi. Keyinroq Sherzod Asadov davlat rahbarining ta’tildan erta qaytishini qo‘shni Qozog‘istondagi og‘ir vaziyat bilan izohlagan.

“Qozog‘istondagi voqealar boshlanishi bilan prezidentimiz uch davlat rahbarlari bilan gaplashdi va ular bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi. Prezident uchun xalqimizning tinchligi, xavfsizligi birinchi o‘rinda, u doimo xalq bilan. Davlat rahbari Qozog‘istonda tinchlik tarafdori bo‘lgani uchun ta’tildan erta qaytdi”, degandi u o‘shanda “Menimcha” dasturida.

2021-yilda prezidentning ta’tili 7 kun — 4-yanvardan 10-yanvargacha davom etgan.