Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi, deb xabar qildi shahar meriyasi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘sh shahri vitse-meri Nurbek Kadirov, Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidovlar ishtirok etdi.

“Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun ochiq”, — deyiladi xabarda.

Bosh konsul Zafarbek Ahmedov noyabr oyida O‘shga yetib borgandi.