Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasiga asosan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatovning hokimlik balansiga fuqarodan “Equinox” mashinasini hadya sifatida qabul qilish bo‘yicha chiqargan farmoyishi bekor qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hokimning o‘zi eski farmoyishini bekor qilish bo‘yicha yana bir farmoyishni (210−8−114-F/23 sonli) imzolagan. Lekin eski farmoyish ham, yangi farmoyish ham E-qaror tizimida “ushbu hujjat mazmunida shaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi foydalanishi cheklangan axborot mavjudligi tufayli yashirilgan”, degan sabab bilan yashirin holatda turibdi.

Skrin: Qumqo‘rg‘on tumani hokimining 210−8−114-F/23 sonli farmoyishiSkrin: Qumqo‘rg‘on tumani hokimining 210−8−114-F/23 sonli farmoyishi

Tuman hokimligiga fuqaro mashina hadya etayotgani haqida dastlab jurnalist Shuhrat Shokirjonov o‘zining Telegram kanalida xabar bergan. Jurnalist o‘z postiga mazkur qarorning skrinini ilova qilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu farmoyish ham E-qaror tizimida yashirib qo‘yilgan.

Foto: Telegram / @shokirjonovFoto: Telegram / @shokirjonov