Guliston shahri hokimi To‘lqinjon Dadabayev sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari.

Guliston shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Botirov zimmasiga yuklatildi.

To‘lqinjon Dadabayev shahar hokimi sifatida 2019-yil 25-fevralidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6-fevral kuni yana ikki hokim — Akrom Eshonqulov (Ohangaron shahri) va Tapil Mahamadziyayev (Bektemir tumani) lavozimidan ozod etildi.