Akmaljon Aliyevich Mirzaolimov Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Mirzaolimov 1979-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida fermer xo‘jaliklarida hisobchi, tijorat banki mutaxassisi, g‘aznachilik bo‘linmasi inspektori, viloyat hokimligi bosh mutaxassisi, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i va MFYda hokim yordamchisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimga qadar Xo‘jaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2022-yil fevralidan beri tumanni O‘tkirbek Shukurov boshqarib kelayotgandi.

акмалжон мирзаолимов, хўжаобод tumani

Kun.uz nashriga ko‘ra, u sog‘lig‘idagi muammo tufayli ishdan ketgan. Viloyat hokimligi matbuot xizmati bu bo‘yicha “Gazeta.uz” so‘roviga javoban ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.