Prezident qarori bilan Ramazon Axmatxo‘jayevich Ashrapov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

U bu lavozimda yanvar oyi o‘rtalarida ishdan olingan Yaxyojon Abdulxakov o‘rnini egalladi.

Polkovnik Ramazon Ashrapov shu paytga qadar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.