Siyosat

Xatirchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
15 mart 2021, 14:41

Xatirchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nizamov Sayfiddin Xatirchi tumaniga hokim etib tayinlandi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi
13 mart 2021, 14:37

AQSH prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi

AQSH prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bayden O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Qirg‘iziston So‘x yo‘lini ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor — Galina Bayterek
13 mart 2021, 13:44

Qirg‘iziston So‘x yo‘lini ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor — Galina Bayterek

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibining xabar berishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistonda joylashgan anklav hudud — So‘x bilan aviaqatnovlar va transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga, O‘zbekiston esa shu paytgacha «chegara hududlar aholisi o‘rtasida tortishuvlar va siyosiy ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelgan» Unkar-Too hududini berish tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Angela Merkelni O‘zbekistonga taklif qildi
12 mart 2021, 23:26

Shavkat Mirziyoyev Angela Merkelni O‘zbekistonga taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan bo‘lib o‘tgan videoanjumanda uni O‘zbekistonga taklif qildi. Shuningdek, jahonda murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida inqirozli hodisalar kuchayishi sharoitida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 20 ta tez yordam mashinasini sovg‘a qildi
12 mart 2021, 16:26

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 20 ta tez yordam mashinasini sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi texnoparkka tashrifi paytida Qirg‘izistonga O‘zbekiston xalqi nomidan 20 ta tez yordam mashinasi sovg‘a qilinganligini e’lon qildi. Bunga javoban prezident Sadir Japarov sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirdi.

Yaqin kunlarda Farg‘ona va Botken viloyatlari o‘rtasidagi o‘tish punktlari ochiladi
12 mart 2021, 16:18

Yaqin kunlarda Farg‘ona va Botken viloyatlari o‘rtasidagi o‘tish punktlari ochiladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi muxtor vakili Omurbek Suvanaliyevning xabar berishicha, viloyatlarning chegara hududida o‘tish punktlari ochiladi. Avvaliga, chegara post xizmati piyodalar uchun, uch oy ichida esa — avtomobillar uchun ochiladi.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Toshkent shahridagi texnoparkka bordi
12 mart 2021, 15:17

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Toshkent shahridagi texnoparkka bordi

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Toshkent shahridagi texnoparkka bordi. Davlat rahbarlari O‘zbekistonning sanoat, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Yakunda Qirg‘iziston xalqiga tez tibbiy yordam mashinalari sovg‘a qilindi.

«Hududlardagi muammolarni nahotki deputatlar va senatorlar ko‘rmayapti» — Tanzila Narbayeva
12 mart 2021, 13:47 1

«Hududlardagi muammolarni nahotki deputatlar va senatorlar ko‘rmayapti» — Tanzila Narbayeva

Davlat rahbari Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi chog‘ida mahallarga borib, aholi bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni tinglagan edi. Senatning navbatdagi yalpi majlisida Tanzila Narbayeva ayni shu masalaga e’tibor qaratib, deputat va senatorlarni tanqid qildi. «Hududlardagi muammolarni nahotki deputatlar va senatorlar ko‘rmayapti», — dedi u.

«Xalqlarimiz bugundanoq muzokaralar natijalarini his qilishlari kerak» — Shavkat Mirziyoyev
12 mart 2021, 01:58

«Xalqlarimiz bugundanoq muzokaralar natijalarini his qilishlari kerak» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari suvdan foydalanish va energetika, chegaralarni delimitatsiya qilish, iqtisodiy hamkorlik va transport-logistika masalalarini muhokama qildilar. Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘l loyihasini jadallashtirish muhimligini ta’kidladi, Sadir Japarov Sirdaryo havzasi resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani yangilashni taklif qildi.

O‘zbekiston va Kirg‘iziston chegara masalalarini uch oy ichida hal qilish niyatida — Shavkat Mirziyoyev
11 mart 2021, 23:29

O‘zbekiston va Kirg‘iziston chegara masalalarini uch oy ichida hal qilish niyatida — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Kirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalarini uch oy ichida hal etish belgilanmoqda, deya bayonot berdi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlar [yechimini] kutayotgan ba’zi masalalarni biz yaqin kelajakda aniq hal etamiz. Byurokratiyasiz, fuqarolarimizga qulay va yaxshiroq bo‘lishi uchun jiddiy mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga qaror qildik”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga taklif qildi
11 mart 2021, 18:58

Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga taklif qildi

Tor doirada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga taklif qildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston — Qirg‘iziston davlat chegarasi masalalari ham muhokama qilindi. Qolaversa, har ikki davlat yetakchilari navbatdagi shu kabi formatdagi uchrashuvni 2021 yilda o‘tkazish istagini bildirishdi.

O‘zbekistonliklarga uy olish va qurish uchun 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi — prezident farmoni
11 mart 2021, 18:38 13

O‘zbekistonliklarga uy olish va qurish uchun 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi — prezident farmoni

Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni o‘tkazgan videoselektorda «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deya ta’kidlagan edi. Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning huquqiy asosi sifatida prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston aholisiga uy olish va o‘z mustaqil qurishi uchun 20 yillik kam foizli ipoteka kreditlari hamda ularga subsidiyalar ajratiladi. Batafsil.

Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov uchrashdi
11 mart 2021, 17:51

Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov uchrashdi

Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doiradagi muzokaralarni o‘tkazishga yo‘l olishdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik jamg‘arma tashkil etadi
11 mart 2021, 15:43

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik jamg‘arma tashkil etadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi. Kelgusida uning ustavi 200 mln dollarga yetkazilishi ham reja qilingan. «Yangi tashkil etiladigan jamg‘arma o‘zaro hamkorligimiz rivojlanishining katalizatoriga aylanadi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov.

Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel videoanjumanda uchrashadi
10 mart 2021, 18:59

Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel videoanjumanda uchrashadi

O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri 12 mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

OTM tarbiya maskani emas. Talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozim — Alisher Qodirov
10 mart 2021, 15:56 1

OTM tarbiya maskani emas. Talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozim — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov OTMlarda tarbiya masalasi jaryondan uzilishi kerakligini ta’kidlamoqda. «Oliy ta’lim tarbiya maskani emas. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim», — dedi u.

Suv xo‘jaligi vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
10 mart 2021, 11:42

Suv xo‘jaligi vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Nazarov Azimjon suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Qarshiyev suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qoraqalpog‘istonda 887 mln dollardan ortiq bo‘lgan 711 ta loyiha amalga oshiriladi
9 mart 2021, 23:35

Qoraqalpog‘istonda 887 mln dollardan ortiq bo‘lgan 711 ta loyiha amalga oshiriladi

Qoraqalpog‘istonda qiymati 887 mln dollardan ortiq bo‘lgan 711 ta loyiha amalga oshiriladi. Prezident ushbu loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Ular qatoridan Mo‘ynoqdagi keramika va qamishdan plita ishlab chiqarish korxonasi, To‘rtko‘ldagi oyna zavodi hamda qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlash kabi loyihalar o‘rin olgan.

Turkiya prezidenti 2021 yilda O‘zbekistonga keladi — vazirlar tashkiliy masalalarni muhokama qildi
9 mart 2021, 19:04

Turkiya prezidenti 2021 yilda O‘zbekistonga keladi — vazirlar tashkiliy masalalarni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi. Unda Turkiya prezidenti shu yili, o‘ziga ma’qul sanada O‘zbekistonga kelishi aytildi. Turkiya tomoni imtiyozli savdo va erkin savdo bitimlarini tezroq imzolash niyatida ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, Mevlut Chavusho‘g‘lu Abdulaziz Kamilovga Turkiya sobiq prezidenti, marhum Sulaymon Demirel maktubining nusxasini topshirdi (foto).

Qirg‘iziston prezidenti 11 mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
9 mart 2021, 15:23

Qirg‘iziston prezidenti 11 mart kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Kun tartibidan — konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting