Siyosat

«3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman» — prezident
8 aprel 2021, 18:02

«3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda davlat rahbari sektor rahbarlari ishdan olinishi haqida gapirdi. «3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman», — dedi prezident.

Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi
8 aprel 2021, 15:20

Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

G‘ayrat Fazilov tashqi ishlar vazirining Yevropa davlatlari bilan hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi
8 aprel 2021, 14:33

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi

Sodiq Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi
8 aprel 2021, 13:47

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi

Abdugofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.

«Ayrim tanqidlar ochiq qolayapti» — prezident matbuot kotibi
8 aprel 2021, 08:15

«Ayrim tanqidlar ochiq qolayapti» — prezident matbuot kotibi

Chorshanba kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan uchrashdi. «Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolayapti», — dedi u. Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida «prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olingan».

Turizm va sport vazirligi tashkil etildi
6 aprel 2021, 20:10

Turizm va sport vazirligi tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi/

O‘zbekiston Eronning dengiz portlariga qiziqish bildirmoqda
5 aprel 2021, 23:58

O‘zbekiston Eronning dengiz portlariga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.

Norsuluv Soyipova Nurobod tumani prokurori etib tayinlandi
5 aprel 2021, 23:46

Norsuluv Soyipova Nurobod tumani prokurori etib tayinlandi

Adliya maslahatchisi Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinladi. U bilan O‘zbekistonda ayol prokurorlar soni ikki nafarga yetdi.

O‘zbekistonda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi qabul qilinadi
5 aprel 2021, 15:08

O‘zbekistonda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi qabul qilinadi

Aprel oxiriga qadar Jamoat xavfsizligi konsepsiyasining tasdiqlanishi kutilmoqda. Hujjatda patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha yangi mexanizmlarni belgilash ko‘zda tutiladi.

Davlat xizmatchilarining mehnatini yagona tizim asosida baholash rejalashtirilmoqda
5 aprel 2021, 12:41

Davlat xizmatchilarining mehnatini yagona tizim asosida baholash rejalashtirilmoqda

Moliya vazirligi mehnatga haq to‘lashning yagoni tizimini joriy etish bo‘yicha prezident qarori loyihasini ishlab chiqadi. Davlat organlari sonini administrativ islohotlar doirasida qisqartirish, qolaversa, hokimliklar tarkibi va boshqaruv kadrlari sonini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Huquq-tartibot organlari xodimlari va oila a’zolarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanadi
5 aprel 2021, 11:08

Huquq-tartibot organlari xodimlari va oila a’zolarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanadi

O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga tan jarohati yetkazganlik, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganlik uchun jazoni kuchaytirish, shuningdek, xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlikni joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga rahbar tayinlandi
5 aprel 2021, 10:40

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga rahbar tayinlandi

Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori vazifasiga tayinlandi.

Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi
3 aprel 2021, 21:14

Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi

Prezident qarori bilan davlat organlarida 5288 ta shtat qisqartiriladi. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 40 nafar rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi
3 aprel 2021, 20:23

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi

Prezident qarori bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatildi. Agentlikning barcha vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazildi.

Eron tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
3 aprel 2021, 16:21

Eron tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga tashrif buyuradi.

«Sog‘liqni saqlash sohasida 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan» — Shavkat Mirziyoyev
2 aprel 2021, 18:32

«Sog‘liqni saqlash sohasida 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan» — Shavkat Mirziyoyev

2020 yilda sog‘liqni saqlash tizimida 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan. Prezident onkologiya markazining Toshkent filialida 828 mln so‘m , Toshkent pediatriya instituti klinikasida esa — 423 mln so‘m talon-toroj qilinganini ta’kidladi. Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosariga sohasida «qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligi»ni ta’minlash javobgarligi yuklatildi.

«Ko‘plab vazifalar qog‘ozda qolib ketmoqda» — prezident
1 aprel 2021, 19:13

«Ko‘plab vazifalar qog‘ozda qolib ketmoqda» — prezident

Prezident sog‘liqni saqlash tizimida patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yishga oid videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari rahbarlarni ushbu jarayonni nazorat qilishi uchun viloyatlarga mas’ul etib belgiladi. 1 mayga qadar Sirdaryo viloyati tajribasi respublikaning barcha hududlarida boshlanishi kerakligi aytildi.

Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi
1 aprel 2021, 15:43

Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botiraliyev Anvarjon Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari etib tayinlandi
1 aprel 2021, 14:58

Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari etib tayinlandi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri maslahatchisi etib tayinlandi.

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ hududini tiklashda ko‘mak berishga tayyor — prezident
1 aprel 2021, 10:31

O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ hududini tiklashda ko‘mak berishga tayyor — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tog‘li Qorabog‘ hududining Ozarbayjonga qaytarilganligini «tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi g‘alaba» deya ta’rifladi. O‘zbekiston hududdagi ko‘hna obidalar va madaniyat maskanlarini tiklash ishlariga ko‘mak berishga tayyor


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting