O‘zbekiston va Kirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalarini uch oy ichida hal etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 11 mart kuni prezident Sadir Japarov bilan bo‘lgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV uchun tashkil etilgan brifingda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Davlat rahbari muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirishni tez fursatlarda yakunlash va o‘tish punktlarini to‘laqonli ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy qadamlar belgilanganini ma’lum qildi.

“Chunki biz chegara bo‘yicha munosabatlarimiz tarixida birinchi marta juda qattiq va aniq kelishib oldik: kim qilishi kerak, qachon qilishlari kerak. Bu xalqlarimiz [yechimini] kutayotgan juda nozik muammo. Va biz Sadir Nurgojoyevich bilan har bir chegara masalasi bo‘yicha chegaralarni aniq tavsiflashga kelishib oldik: kim qiladi, qachon qiladi. Biz hattoki muddatlarini ham aniqlab oldik — uch oy ichida”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim chegara hududidagi masalalar tez fursatlarda hal etiladi.

“Odamlar [yechimini] kutayotgan ba’zi masalalarni biz yaqin kelajakda aniq hal etamiz. Byurokratiyasiz, fuqarolarimizga qulay va yaxshiroq bo‘lishi uchun jiddiy mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga qaror qildik”, — deya ta’kidladi prezident.

Farg‘ona viloyati hokimi Hayrulla Bozorov “Gazeta.uz"ga chegara masalalarini uch oy muddat ichida hal etish ko‘zlanayotganini tasdiqladi.

Hozigi paytda O‘zbekiston va Qirg‘iziston 85 foiz davlat chegaralarini tasniflab bo‘lindi. Kengaytirilgan muzokaralar davomida Sadir Japarov 2017 yildagi chegaralar haqidagi kelishuviga kirgan uchastkalarda injinerlik ishlarini amalga oshirishda konflikt yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun esa chegeraoldi tuzilmalarning, qolaversa mahalliy hokimiyat organlarining o‘zaro aloqasini kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish kerak.


O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan 4 ta eksklavlar Qirg‘iziston hududida joylashgan. Bundan tashqari, mamlakatda bitta tojik va yana bitta qirg‘iz anklav hududlar ham mavjud. O‘zbekistonning eksklavi bo‘lmish — So‘x ham aholisi, ham maydoni jihatidan dunyodagi eng katta eksklav hudud hisoblanadi.

Fevral o‘rtalarida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev ikki davlat hududlarni almashmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.