Prezident Sadir Japarovning davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Qirg‘izistonga 20 ta tez yordam mashinasini sovg‘a qildi, deya xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.

12 mart kuni Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentdagi texnoparkka tashrif buyurdi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan transport vositalarini ko‘zdan kechirish davomida, Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga O‘zbekiston xalqi nomidan Volkswagen Caddy va Isuzu D-Max rusumli 20 ta tez yordam mashinalari sovg‘a qilinganligini ma’lum qildi.

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».

Sadir Japarov ushbu sovg‘a «yoqimli syurpriz» bo‘lganini aytib, Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. U «mamlakatlar o‘rtasida hech qanday muammo bo‘lishi mumkin emas» deya qo‘shimcha qildi.

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».