AQSH prezidenti yo‘llagan tabrigida bu yil O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil to‘lishini va o‘z rahbariyatining O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

«Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta’minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro‘z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne’mat ekanini eslatib turadi», — deyiladi Jozef Bayden tomonidan yo‘llangan tabrikda.

Shuningdek, Bayden besh yil avval AQSH davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan «C5+1» muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvor ekanligini ta’kidladi.