Nazarov Azimjon Soatmurod o‘g‘li suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nazarov Azimjon 1997 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2000 yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tugatgan. U shu kunga qadar innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari edi.

Shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Qarshiyev suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Voxidjon Axmadjonovning o‘rnini egalladi.