Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati va Qirg‘izistonning Bobken viloyati o‘rtasida nazorati-o‘tkazish punktlari ochiladi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiriga Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi muxtor vakili Omurbek Suvanaliyev ma’lum qildi.

«Prezidentlarimiz kecha topshiriq, ruxsat berishdi. Tez kunlarda Botken gubernatori bilan dastlabki ishlarni boshlaymiz. Qirg‘iziston prezident Sadir Nurgojoyevich ham o‘zlari ruxsat berdilar. Birinchi odamlar piyoda o‘tishi uchun, uch oy ichida esa — avtomobillarni o‘tishiga hujjatlarni birgalikda rasmiylashtiramiz. O‘ylaymanki, tez kunlarda natijasi bo‘ladi», — deya ta’kidladi Xayrullo Bozorov.

Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi muxtor vakili Omurbek Suvanaliyev.

O‘z navbatida Omurbek Suvanaliyev koronavirus pandemiyasi tufayli hududlar orasidagi chegara va o‘tish punktlari yopilganini qayd etdi.

«Hozir biz ochamiz, chunki biz bosh qo‘mondonimizdan, prezidentdan buyruqni oldik. Bu endi amalga oshiriladi. Ayni shu kunlarda», — dedi u.

Qirg‘iziston hukumati vakili bu ishlarning barchasi ikki davlat xalqlarning o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarini ta’minlashga qaratilganini qo‘shimcha qildi.

«Bunga qadar ko‘proq yopilish va kamroq aloqa siyosati bo‘lgan. Lekin hozir prezidentlar kelishib olishdi: ham madaniy, ham iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘proq aloqalar o‘rnatiladi. Va biz yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bo‘lishi uchun — chegara xizmatidan boshlab, mahalliy hokimiyatgacha buni davom ettiramiz», — dedi u.

Tashrif arafasida O‘zbekiston va Kirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalarini uch oy ichida hal etish belgilanmoqda, deya bayonot bergan edi Shavkat Mirziyoyev. «Odamlar [yechimini] kutayotgan ba’zi masalalarni biz yaqin kelajakda aniq hal etamiz. Byurokratiyasiz, fuqarolarimizga qulay va yaxshiroq bo‘lishi uchun jiddiy mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga qaror qildik», — deya ta’kidlagandi u.