Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».

Ikki mamlakat madhiyalari ijro etilgach, davlat rahbarlari delegatsiyalar vakillari bilan ko‘rishishdi.

Hozirda prezidentlar tor doiradagi muzokaralarni o‘tkazmoqda.