Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 6-fevral kechga tomon joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati.

7-fevral, chorshanba kuni respublikaning aksariyat viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida, 8−9-fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 8-fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 7−8-fevral kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. 6−8-fevral kunlari shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 25−27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5−7-fevral kunlari havo harorati asosan kechalari 0…+5, kunduz kunlari +7…+12, ba’zi joylarda +15 darajagacha bo‘ladi. 8−9-fevralda kechalari +2…+7, kunduz kunlari +12…+17 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Toshkent shahrida bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +1…+3, bugun kunduzi +9…+11, ertaga +13…+15 daraja bo‘ladi.

7-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8-fevralda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-fevralda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 7−9-fevralda kechalari +3…+6, kunduzi 7-fevralda +7…+9 daraja, 8−9-fevralda +15…+17 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.