Toshkent metropoliteni yerosti metro bekatlarida o‘rnatilgan eskalatorlarning o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lganlarini bosqichma-bosqich ravishda yangilariga almashtirishni boshladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu rejaviy ishlarning birinchi bosqichida “Xalqlar do‘stligi” metro bekatidagi eskalatorlarni zamonaviy turdagisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu boisdan, “Xalqlar do‘stligi” metro bekatining Tashkent city majmuasiga olib chiquvchi vestibyuli 10-fevraldan 20-martgacha yopiq bo‘ladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun bekatning birinchi vestibyuli (“Xalqlar do‘stligi” saroyiga olib chiquvchi tomon) odatiy rejimda ish faoliyatini olib boradi.