7−8-fevral kunlari A-373 Toshkent — O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi mumkin, deb ogohlantirish berdi O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati.

Shu kunlarda mazkur hududda ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 — 20 m/s gacha kuchayishi oqibatida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi kutilmoqda.

6−12-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli esa respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Hududlar

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
  • Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.