Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Gazeta.uz” tahririyati binosi tomiga ҳаво sifatini o‘lchovchi IQAir datchigi o‘rnatildi. U allaqachon iqair.com portalida Gazeta Head Office nomi ostida ko‘rsatilmoqda va ma’lumotlarni umumiy tarmoqqa yetkazmoqda.

Datchik Parkent va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasiga yaqin hududda joylashgan “Gazeta.uz” ofisi atrofidagi havo sifatini ko‘rsatadi.Datchik Parkent va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasiga yaqin hududda joylashgan “Gazeta.uz” ofisi atrofidagi havo sifatini ko‘rsatadi.

Tez orada “Gazeta.uz” saytida o‘lchov uskunalari ma’lumotlarini aks ettiruvchi bo‘lim paydo bo‘ladi. Atmosfera ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni baholash uchun avvalgi kunlardagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.

Kelgusida Toshkent shahrida o‘rnatilgan boshqa datchiklardagi ma’lumotlarni qo‘shish ham rejalashtirilgan. Ma’lumki, hozirda ko‘plab tashkilotlar datchiklar o‘rnatmoqda. “Gazeta.uz” bir qator datchik egalari bilan muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq Ekologiya vazirligi yaqin oylarda poytaxt va viloyatlarda ko‘plab datchiklar o‘rnatish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

“Gazeta.uz” saytidagi havo tozaligi ko‘rsatkichlari iqair.com portalidagi kabi AQSh havo sifati standartlariga muvofiq sozlanadi. Shuningdek, geografik jihatdan O‘zbekistonga yaqinroq bo‘lgan Janubiy Koreya standartlariga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Albatta, havo sifati bo‘yicha milliy standartlar ham tasdiqlanishi bilan qo‘shiladi.

“„Gazeta.uz“ ko‘p yillardan buyon atrof-muhit va inson salomatligiga oid mavzularda, jumladan, havo sifati, daraxtlarning ahamiyati, suv resurslarini muhofaza qilish, qulay va xavfsiz yashash muhiti haqida yozib keladi”, — deydi nashr bosh muharriri Azamat Atadjanov.

“Havoning yuqori darajada ifloslanishi nihoyat jamiyatda ham, eng yuqori doiralarda ham keng muhokama qilinayotganidan xursandmiz. Odamlar global antireytinglar bo‘yicha yetakchi shaharda yashashni xohlamasliklari haqida ochiq gapira boshladi. Zero, biz, farzandlarimiz va ota-onalarimiz nafas olayotgan havo sifati bevosita hayotimiz sifatini belgilaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

“Gazeta.uz” havo sifati datchigini o‘rnatish hamda operativ va arxiv ma’lumotlarini e’lon qilish orqali aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirish va bizni o‘rab turgan muhitni yaxshilashga hissa qo‘shishga umid qilmoqda.