Ijtimoiy tarmoqlarda 1-fevral Toshkent shahrida 52-sonli avtobus haydovchisi avtobusni qo‘pol ravishda boshqarishi oqibatida yo‘lovchi ayol va uning qizi tan jarohati olgani haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi munosabat bildirarkan, voqea 1-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 52-sonli avtobus haydovchisi A.A. tomonidan sodir etilganini qayd etdi.

Haydovchi yo‘lovchi tashish qoidalarini buzgan, o‘ziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqarib, yo‘lovchilar avtobusga chiqib bo‘lmasidan avtobus eshiklarini yopgan.

Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi (ayol va uning qizi) tan jarohati olgan. O‘zining xizmat vazifasini suiiste’mol qilgani uchun haydovchi A.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Kompaniya fuqarolardan yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda 1062 ishonch telefoni yoki ATTO mobil ilovasi orqali murojaat qilishlarini eslatib o‘tdi.