HONOR kompaniyasi yangi smartfonni taqdim etadi — HONOR X8b. Qurilma shedevr fototasvirlarni olish orqali egasi uchun muhim lahzalarni taqdim etishga qodir. Shuningdek, telefon yuqori sifatli, ko‘zga bezarar yangi avlod displeyi, zamonaviy dizayn, kontentni saqlash uchun yirik xotira hamda kuchli protsessorni o‘z ichiga oladi.

honor x8b, реклама

Zamonaviy dizayn

Yangi HONOR X8b yuqori sifatli materiallardan yasalgan yupqa korpusning beqiyos dizayni va displeydagi yupqa ramkasi bilan hayron qoldira oladi. Shuningdek, telefonning 6,78 mm ultrayupqa profili bilan maqtana oladi. Bunday kichik qalinligi va atigi 166 g og‘irligi sababli smartfon foydalanish uchun qulay.

honor x8b, реклама

HONOR X8b uchta rangda taqdim etiladi: “Maftunkor yashil”, “Titan kumush” va “Yarim tun qora”. Ushbu ranglar orasidan foydalanuvchi o‘zi uchun mos keladigan variantni tanlashi mumkin.

Xavfsiz displey

Yangi HONOR X8b katta 6,7 dyuymli displeyga ega bo‘lib, unda filmlar, seriallar va boshqa videokontentni bemalol tomosha qilsa bo‘ladi. Ushbu o‘lcham bilan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi o‘zaro muloqot yangi darajaga ko‘tariladi, chunki klaviatura smartfon egasiga qulaylik va yuqori yozish tezligini taqdim etadi.

Yuqori darajadagi 2412×1080 piksellar soni egasining ko‘zlari uchun xavfsiz bo‘lgan AMOLED ekranida tasvirni aniq ko‘rinishini kafolatlaydi. HONOR X8b foydalanuvchilarni ko‘z charchoqlaridan himoya qiluvchi 3240 Gs chastotali PWM (Pulse-width Modulation) yorqinlikni boshqarish funksiyasiga ega — bu smartfonni uzoq muddat davomida kontent tomosha qilish uchun qulay qiladi. Yupqa ramkalar bilan ekranning korpusga 93,7% li nisbati sizni displeyda sodir bo‘layotgan voqealarga to‘liq jalb qilishi mumkin.

honor x8b, реклама

Yangi HONOR X8b matritsasi 1200 nit HBM (High Brightness Mode) yorqinligiga va 2000 nit yuqori yorqinligiga ega. Ushbu ko‘rsatkichlar tufayli smartfon hatto O‘zbekistonning chilla davrida ham egasiga ekranda aniq ajralib turadigan tasvirni taqdim etadi. Yuqori 90 Gs yangilanish tezligi displeyda sodir bo‘layotgan voqealardan vizual zavqlanish, shuningdek, qator qulayliklarni tuhfa etadi.

Hayratlantiruvchi kameralar

HONOR X8b uch kamerali tizimining imkoniyatlari haqiqatan ham hayratga sola oladi. Ushbu narx segmentida smartfon sifat jihatidan kutilganidan ham yuqoriroq bo‘lib, portret rejimini yangi darajaga olib chiqadi. Telefon ISOCELL HM6 sensoriga ega 108 Mp lik asosiy kamera bilan jihozlangan, bu har bir surat aniqligini ta’minlab beradi. Yorug‘lik kam bo‘lganda ham, kamera matritsasi yorqin va o‘ta aniq fotosuratlar uchun mas’ul bo‘lgan Nonapixel Plus texnologiyasidan foydalanadi.

honor x8b, реклама

Shuningdek, smartfon keng ko‘lamli kamera, 2 Mp lik makrokamera va 50 Mp o‘lchamdagi selfi kamerasiga ega. Ularning oxirgisi avtoportretda suratga olish sifatini yaxshilash uchun old tomonga qaragan yoritkich va avtomatik ko‘rish maydoni (FOV) texnologiyasidan foydalanadi hamda portret-kadrlarni yaratish imkoniyatlarini yuqori darajaga olib chiqadi. Shuningdek, selfi kamerasi keng burchakli rejimi tufayli ko‘p sonli odamlar guruhini ham kadrda bemalol sig‘dirishga qodir.

MagicOS quvvati va ishlashi

HONOR X8b ichida Qualcomm Snapdragon 680 chipi, shuningdek, 8 GB operativ xotira va 128 yoki 256 GB ichki xotira mavjud. Ushbu komponentlar taqdim etilgan imkoniyatlar bilan xayron qoldira oladi. Intellektual funksiyalarga ega Android 13 asosidagi yangi HONOR MagicOS 7.2 versiyasi bilan birgalikda qulay ishlash va qator afzalliklar bilan ta’minlangan.

honor x8b, реклама

Ishonchli batareya

HONOR X8b 4500 mAs o‘lchamdagi akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u telefonni ko‘p soat davomida quvvatlantirib turadi. Bitta to‘liq quvvatda smartfon o‘z egasining musiqiy pleylistini 46 soat davomida, videokontent — 13 soat davomida va ijtimoiy tarmoqlarda lentani ko‘rishda — 17 soat davomida ishlay oladi. Shunday qilib, yangi qurilma foydalanuvchiga doimiy ravishda yuqori darajadagi avtonomiyani ta’minlaydigan ishonchli yordamchiga aylanadi.

honor x8b, реклама

Innovatsion 35 Vt kuchiga ega HONOR SuperCharge tez zaryadlash texnologiyasi HONOR X8b zaryadini bir necha daqiqada to‘ldirishga yordam beradi. Misol uchun, agar siz smartfonni to‘plamdagi quvvat manbaiga quvvatlantirishga qo‘ysangiz, yangi qurilmani ertalab ishga yoki o‘qishga ketishga tayyorlanayotgan paytda quvvatini to‘ldirishingiz mumkin.

Mijoz haqida qayg‘urish

HONOR brendi butun O‘zbekiston bo‘ylab vakolatli servis markazlarida kafolat xizmatini taqdim etadi va o‘z gadjetlaridan foydalanuvchilarga rasmiy 1 yillik kafolat bilan ishonchli yordam ko‘rsatadi.

honor x8b, реклама

Qo‘shimcha ma’lumotlarni HONOR`ning O‘zbekistondagi rasmiy sayti: hihonor.com yoki (+998) 78−147−16−77 telefoni orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.