O‘zbekiston va Eron qo‘shma xavfsizlik komissiyasi tuzildi
11 mart 2022, 10:40

O‘zbekiston va Eron qo‘shma xavfsizlik komissiyasi tuzildi

Toshkentda O‘zbekiston va Eron xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya tuzish to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy imzoladi.

Ochiqlik siyosati tufayli hokimliklarning avtomobil sotib olishi, «remont» qilishi keskin kamaydi — Akmal Burxonov
11 mart 2022, 10:29

Ochiqlik siyosati tufayli hokimliklarning avtomobil sotib olishi, «remont» qilishi keskin kamaydi — Akmal Burxonov

2021 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 trln so‘m zarar yetkazilgan. Hokimliklarning budjetdan orttirilgan mablag‘larni ochiqlash majburiyati joriy qilingach, avtomobil sotib olish yoki hokimiyatni ta’mirlash keskin kamaygan, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Akmal Burxonov bu amaliyot hokimlik budjetining ko‘proq ijtimoiy-infratuzilmaga yo‘naltirilayotganiga sababchi bo‘lganligini ta’kidladi.

Air Astana Rossiyaga aviaqatnovlarni to‘liq to‘xtatdi
11 mart 2022, 10:16

Air Astana Rossiyaga aviaqatnovlarni to‘liq to‘xtatdi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi Rossiyaga amalga oshiriladigan parvozlar to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Moldovadan 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi
11 mart 2022, 10:10

Moldovadan 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Ukrainani tark etgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi Buxarest (Ruminiya) aeroporti orqali Moldovadan evakuatsiya qilindi. Yana bir reys 11 mart kuni Polshadan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. U yerda 200 dan ortiq o‘zbekistonliklar qolmoqda.

Rossiyada biznes vakillariga $5000 dan ortiq pul yechish taqiqlandi
10 mart 2022, 23:17

Rossiyada biznes vakillariga $5000 dan ortiq pul yechish taqiqlandi

Rossiya Markaziy banki yangi valyuta cheklovlarini joriy qildi. 10 sentabrga qadar biznes vakillariga 5 ming dollar yoki shu miqdor ekvivalentidagi yevro, yapon iyeni va funt sterlingda pul yechish taqiqlanadi. Xorijiy kompaniyalar yoki tadbirkorlar esa ushbu valyutalarni umuman yechib ololmaydi.

Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari 5 yarim yilga qamaldi
10 mart 2022, 22:06

Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari 5 yarim yilga qamaldi

Sud Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. U 2021 yilning avgustida auksionda tadbirkorning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 ming dollar talab qilib, shundan 10 ming dollarni olganida qo‘lga tushgandi.

10 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 mart 2022, 22:00

10 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilgan Cotton Campaign, Ukraina va Afg‘onistonga yordam bergani uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirgan AQSh, 1 maydan yo‘lga qo‘yiladigan «Avtomobil tarixi» xizmati, alimentdan qarzi borlarga avtomobil haydash va uylanish taqiqlanishi mumkinligi, Moldovadagi o‘zbekistonliklar Buxarest orqali evakuatsiya qilinishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 10 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Endi umra ziyoratchilaridan PZR-test ma’lumoti talab etilmaydi
10 mart 2022, 21:33

Endi umra ziyoratchilaridan PZR-test ma’lumoti talab etilmaydi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga safar qilayotgan ziyoratchilar uchun manfiy PZR-test ma’lumotini taqdim etish tartibi bekor qilindi. Endi safarga boruvchilar faqat koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi lozim.

Yangi turar joylarning yarimerto‘lalariga yashash xonadonlarini joylashtirishga ruxsat berildi
10 mart 2022, 19:06

Yangi turar joylarning yarimerto‘lalariga yashash xonadonlarini joylashtirishga ruxsat berildi

Qurilish vazirligi shaharsozlik me’yorlariga o‘zgartishlar kiritib, yangi ko‘p qavatli uylarning yarimerto‘lalariga yashash xonadonlarini joylashtirishga ruxsat berdi. Biroq buning uchun uchastkadagi yer osti suvlari darajasi, issiqlik himoyasi, yoritilish darajasi, evakuatsiya va boshqalar bilan bog‘liq qator talablar mavjud.

Moratoriyga qaramasdan Farg‘onada 3 tup chinor kesib ketildi
10 mart 2022, 18:07

Moratoriyga qaramasdan Farg‘onada 3 tup chinor kesib ketildi

Moratoriy e’lon qilinganiga qaramay Qo‘qon shahrida fuqaro ruxsatsiz 3 tup chinor daraxtini kesib tashlagani aniqlandi. Davlat ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida tabiatga 103 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazilganini ma’lum qildi.

Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qildi
10 mart 2022, 17:27

Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qildi

Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Mazkur qaror 2021 yilda mamlakatda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan qabul qilindi. Ilk bor o‘zbek paxtasiga 2009 yilda boykot e’lon qilingandi.

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 171 ta ko‘p qavatli uylar bunyod etiladi
10 mart 2022, 16:57

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 171 ta ko‘p qavatli uylar bunyod etiladi

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 20 ming xonadonga ega 171 ta ko‘p qavatli uy barpo etish rejalashtirilmoqda. Prezident uylarni zilzilaga bardoshliligi va sifatini ta’minlash, ularning loyihasi yuzasidan aholining fikrlarini tinglash bo‘yicha topshiriq berdi. Qolaversa, viloyatda «Yangi O‘zbekiston» bog‘ini qurish ishlari ham boshlab yuborilgani aytildi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi
10 mart 2022, 16:27

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 11−15 mart kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli 9 ta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfini e’lon qildi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralariga amal qilish so‘ralmoqda.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi
10 mart 2022, 16:18

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida 10 daqiqalik otishma yuzaga keldi. Buning oqibatida Tojikiston tomonidan bir chegarachi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi.

Qozog‘iston MXK sobiq rahbarining uyidan 17,2 mln dollar naqd pul va oltin quymalar topildi
10 mart 2022, 15:41

Qozog‘iston MXK sobiq rahbarining uyidan 17,2 mln dollar naqd pul va oltin quymalar topildi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimovga tegishli bir nechta kvartira va qasr, 17,2 mln dollar naqd pul, oltin quymalar, 11 ta qimmatbaho avtomobil va boshqalar musodara qilindi. U 2 mln dollar miqdorida pora olganlikda ham gumon qilinmoqda.

«Koronavirus pandemiyasi tugashiga hali ancha bor» — JSST rahbari
10 mart 2022, 15:36

«Koronavirus pandemiyasi tugashiga hali ancha bor» — JSST rahbari

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi rasman e’lon qilingan kundan beri 6 mlndan ko‘proq inson vafot etganini ma’lum qildi. U kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgani pandemiya tugaganini anglatmasligini qayd etdi. «Pandemiya tugashiga hali ancha bor va u hamma joyda tugamaguncha hech qayerda yakunlanmaydi», — dedi Tedros Gebreyesus. Qolaversa, Yevropada «deltakron» shtammi paydo bo‘ldi.

YeI va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirishning yangi dasturini ishga tushirdi
10 mart 2022, 15:02

YeI va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirishning yangi dasturini ishga tushirdi

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Ko‘p yillik indikativ dasturni ishga tushirdi. U uchta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya, inklyuziv va raqamli yashil o‘sish hamda «aqlli» va ekologik toza qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish. Dasturni moliyalashtirish uchun 83 mln yevro, jumladan, fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 7 mln yevro ajratildi.

Alimentdan qarzi borlarga avtomobil haydash va uylanish taqiqlanishi mumkin
10 mart 2022, 14:32

Alimentdan qarzi borlarga avtomobil haydash va uylanish taqiqlanishi mumkin

Prezident farmoni bilan aliment to‘lovchining qarzi va jarimalari aliment to‘lovlari to‘liq qoplangandan so‘ng undirilishi belgilanmoqda. Bundan tashqari, Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga alimentdan qarzi mavjud shaxslarga avtomobil boshqarish, ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish va uylanishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekiston 2021 yilda Rossiyaga gaz eksportini qisqa muddatga tiklagan
10 mart 2022, 12:54 1

O‘zbekiston 2021 yilda Rossiyaga gaz eksportini qisqa muddatga tiklagan

2021 yilda O‘zbekiston Rossiyaga gaz yetkazib berishni bir necha oyga tikladi. Eksport hajmi 76,6 mln dollarni tashkil etdi. Bu yil Rossiya bozoriga zangori olov yetkazib berilmadi.

14 ta hudud rahbarlariga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
10 mart 2022, 12:51

14 ta hudud rahbarlariga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Toshkent shahri hokimlariga yangi o‘rinbosarlar — viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari, qolaversa, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi tayinlandi. Ularning barchasi xotin-qizlardan iborat.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting