Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi Rossiyaga samolyotlar parvozi to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi, deya xabar berdi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar qildi.

«Air Astana Rossiya Federatsiyasiga/dan tijoriy parvozlarni sug‘urta bilan qoplash to‘xtatilgani sababli mazkur yo‘nalish bo‘yicha uning hududi ustidan barcha parvozlar to‘xtatilishini afsus bilan ma’lum qiladi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, aviatashuvchi reyslarni tezkor ravishda qayta tiklash uchun Qozog‘iston hukumati bilan mazkur masalalarni hal qilmoqda.

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilariga mablag‘larini qaytarib olish uchun ularni sotib olgan joylariga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan. Pullar to‘liq hajmda qaytariladi.