10 mart kuni Moldovadan 98 nafar O‘zbekiston fuqarolarini Buxarest shahri (Ruminiya) aeroporti orqali evakuatsiya qilish ishlari yakunlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar bermoqda. Evakuatsiya qilinganlarning 17 nafari ayollar, 5 nafari voyaga yetgaman shaxslar va 4 nafari chaqaloqlardir.
Ta’kidlanishicha, Polsha hududida O‘zbekistonning 220 nafarga yaqin fuqarosi, Ukraina-Polsha chegarasida esa 50 ga yaqin o‘zbekistonliklar qolmoqda. 11 mart kuni yana bitta evakuatsiya reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 9 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 245 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelingan edi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
28 fevraldan 10 martga qadar 22 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 282 nafar o‘zbekistonliklar qaytarilgandi.