Qashqadaryoda 3 kishini yashin urdi, ulardan biri vafot etdi
9 mart 2022, 15:10

Qashqadaryoda 3 kishini yashin urdi, ulardan biri vafot etdi

Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urdi. Natijada ulardan biri vafot etdi, qolgan ikkisiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Plastik kartochkalardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi
9 mart 2022, 15:00

Plastik kartochkalardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi

Endilikda plastik kartalar va bank hisobraqamlardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 168 va 169-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.

Poytaxtda yaqin soatlar ichida momaqaldiroq kuzatilib, kuchli yomg‘ir yog‘adi
9 mart 2022, 14:16

Poytaxtda yaqin soatlar ichida momaqaldiroq kuzatilib, kuchli yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek shamol tezligi 12−14 m/sgacha kuchayishini ma’lum qildi.

Uzbekistan Airways ikkinchi Airbus A321 havo kemasini qabul qilib oldi
9 mart 2022, 12:38

Uzbekistan Airways ikkinchi Airbus A321 havo kemasini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga ikkinchi A321neo NX havo kemasi olib kelindi. Samolyot Toshkent — London, Toshkent — Seul, Toshkent — Kuala Lumpur kabi yo‘nalishlarda qatnovni amalga oshiradi.

AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyadan energotashuvchilar importini taqiqladi
9 mart 2022, 12:09

AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyadan energotashuvchilar importini taqiqladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyadan neft, gaz va ko‘mir importi taqiqlanganini ma’lum qildi. Uran importi esa davom etadi. Shuningdek, Britaniya ham 2022 yil oxiriga borib Rossiya neftini import qilishni to‘xtatadi. Ushbu qarorlar ortidan dunyoda energotashuvchilar narxlarida jiddiy o‘sishlar kuzatildi.

«Dunyo» AA o‘zining eski nomiga qaytariladi
9 mart 2022, 12:02

«Dunyo» AA o‘zining eski nomiga qaytariladi

Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi «Dunyo» axborot agentligi nomi o‘zining avvalgi «Jahon» nomiga qaytariladi. Agentlik ushbu qarorni «Dunyo» yoki unga o‘xshash nomlarga ega ko‘plab tuzilmalar paydo bo‘lgani bilan izohladi.

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi
9 mart 2022, 11:38

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 100 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi quriladi. Uning markazida olimpiya stadioni, yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Musobaqalar bo‘lmagan vaqtda esa shaharchada Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi (foto).

Uzbekistan Airways Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
9 mart 2022, 11:24

Uzbekistan Airways Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways «yo‘lovchilar orasida talabning ortishi» munosabati bilan Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha reyslarni joriy qilmoqda.

Rossiyada naqd valyuta sotib olish taqiqlandi
9 mart 2022, 11:17

Rossiyada naqd valyuta sotib olish taqiqlandi

Rossiya Markaziy banki 9 sentabrga qadar fuqarolarga naqd valyuta sotishni taqiqladi. Rossiyaliklar banklardagi hisob-raqamlaridan 6 oy davomida 10 ming dollardan ortiq valyuta yecha olishmaydi. Undan ortig‘i faqat rublda beriladi.

TIV urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlardan o‘zbekistonliklarni olib chiqishni boshladi
9 mart 2022, 10:42

TIV urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlardan o‘zbekistonliklarni olib chiqishni boshladi

Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5037 nafarga yetdi. Sumi shahridan 23 nafar talaba evakuatsiya qilingan. TIV evakuatsiya ishlarida asosiy e’tibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqishga qaratilganini ma’lum qildi.

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi
9 mart 2022, 10:30

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi

15 martdan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Tojikiston hukumati MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasman tan olishni boshladi.

O‘zbekistonga 2,2 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi
9 mart 2022, 10:24

O‘zbekistonga 2,2 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

Chorshanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2 mln 257,6 ming doza Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.

Deputatlar Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda
9 mart 2022, 09:12

Deputatlar Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar yo‘llarda fuqarolar manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash, ekologiyani muhofaza qilish, piyoda va velosiped harakatiga sharoit yaratishni nazarda tutuvchi «Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. «Bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi. Mas’uliyat bir emas, o‘n baravar oshadi», — dedi Rasul Kusherbayev.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
8 mart 2022, 17:28

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Ozoda Parpibayeva Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Ra’no Turdiboyeva va Nodira Egamberdiyeva qo‘mita raisining o‘rinbosarlari bo‘ldi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi
8 mart 2022, 16:07

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi

Sodiqjon Turdiyev Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Abdulla Tursunov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Muxtor Muhitdinovlar vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Koronavirus statistikasi keskin pasaydi
8 mart 2022, 15:41

Koronavirus statistikasi keskin pasaydi

7-mart kuni 27 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu so‘nggi 12 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich.

Ukraina va Rossiya muzokaralarining uchinchi bosqichida ham tomonlar kelishuvga erishmadi
8 mart 2022, 13:29

Ukraina va Rossiya muzokaralarining uchinchi bosqichida ham tomonlar kelishuvga erishmadi

Muzokaralarning uchinchi bosqichi yakuniga ko‘ra, Rossiya tomoni gumanitar yo‘laklar ishlay boshlashiga umid bildirdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy muzokaralarda kutilgan natijalarga erishilmaganini ta’kidladi. Ukraina delegatsiyasi vakili Mixail Podolyak Ukraina tomoni ham oldingi siljishni ko‘rmayotganligini ma’lum qildi.

Prezident hududlar rahbarlariga oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirishni buyurdi
8 mart 2022, 12:09

Prezident hududlar rahbarlariga oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev global bozorlardagi narxlarning keskin tebranishini hisobga olib, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash lozimligini ta’kidladi. Hududlar rahbarlariga oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, tovarlarni eksportga yetkazishda logistika masalalarini tezkor hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi
8 mart 2022, 10:59

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi

2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi.

Moldovadagi o‘zbekistonliklar evakuatsiyasini ishlab chiqish boshlandi — TIV
8 mart 2022, 10:28

Moldovadagi o‘zbekistonliklar evakuatsiyasini ishlab chiqish boshlandi — TIV

Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 4787 nafarga yetdi. Moldovada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlanganligi aytildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting